2 tomonlama chop qilish

Qog‘ozning har ikkala tomoniga chop qilish uchun quyidagilardan biridan foydalanishingiz mumkin.

  • Avtomatik 2 tomonlama chop qilish

  • Qo‘lda 2 tomonlama chop qilish

    Printer birinchi tomonni chop qilib bo‘lgach, ikkinchi tomoniga chop qilish uchun qog‘ozni aylantiring.

Eslatma:
  • Bu xususiyatdan hoshiyasiz chop qilish uchun foydalanib bo‘lmaydi.

  • Orqa Qog‘oz Qo‘yish Sloti qurilmadan foydalanuvchi 2 tomonlama chop qilish funksiyadan foydalanib bo‘lmaydi.

  • Agar siz 2 tomonlama chop qilishga mos bo‘lmagan qog‘ozdan foyadlansangiz, chop qilish sifati pasayishi va qog‘ozning tiqilib qolishi yuz berishi mumkin.

    2 tomonlama chop qilish uchun qog‘oz

  • Qog‘oz va ma’lumotlarga bog‘liq ravishda siyoh qog‘ozning boshqa tomonidan oqib ketishi mumkin.

  • Agar EPSON Status Monitor 3 yoqilgan bo‘lmasa qo‘lda 2 tomonlama chop qilishni bajara olmaysiz. Agar EPSON Status Monitor 3 o‘chirilgan bo‘lsa, printer drayveri oynasiga kiring, Kengaytirilgan sozlamalar panelida Texnik xizmat -ni cherting va keyin EPSON Status Monitor 3 ni yoqish-ni tanlang.

  • Biroq, printerga tarmoqdan kirilganda yoki printerdan ulashib foydalanilganda bu chop qilishdan foydalanib bo‘lmasligi mumkin.

  1. Printerga qog‘oz soling.

    1-qog‘oz Kassetasiga qog‘oz solish

    2-qog‘oz Kassetasiga qog‘oz solish

    Orqa Qog‘oz Qo‘yish Slotiga qog‘oz solish

  2. O‘zingiz chop qilmoqchi bo‘lgan faylni oching.

  3. Fayl menyusidan Chop qilish yoki Chop qilishni o‘rnatish-ni tanlang.

  4. Printerni tanlang.

  5. Printer drayveri oynasiga kirish uchun Afzalliklar yoki Xususiyatlar-ni tanlang.

  6. Asosiy panelida 2 tomonlama chop qilish usulini tanlang.

  7. Sozlamalar-ni cherting, mos parametrlarni belgilang va keyin OK-ni cherting.

  8. Bosma zichligi-ni cherting, mos parametrlarni o‘rnating va keyin OK-ni cherting.

    Bosma zichligi o‘rnatilganda siz hujjat turiga qarab chop qilish zichligini sozlashingiz mumkin.

    Eslatma:
    • Qo‘lda 2 tomonlama chop qilish funksiyasini tanlaganingizda bu sozlama ishlamaydi.

    • Hujjat turini tanlash oynasidagi Bosma zichligi va Sifat ichki oynasidagi Asosiy uchun tanlangan parametrlarga qarab chop qilish tezligi pastroq bo‘lishi mumkin.

  9. Zarur hollarda Asosiy va Ko‘proq tanlamalar panellaridagi boshqa parametrlarni o‘rnating va keyin OK-ni cherting.

    Asosiy Paneli

    Ko‘proq tanlamalar Paneli

  10. Chop qilish-ni cherting.

    Qo‘lda 2 tomonlama chop qilishda birinchi tomonni chop qilish yakunlanganda kompyuterda suzuvchi oyna namoyish qilinadi. Ekrandagi ko‘rsatmalarni bajaring.