Asosiy Paneli

Chop qilish andozalari:

Tayyorlarni qo‘shish/olib tashlash:

O‘zingizning tez-tez foydalaniluvchi chop qilish sozlamalari uchun avvaldan o‘rnatgan qiymatlaringizni qo‘shishingiz yoki olib tashlashingiz mumkin. Ro‘yxatdan o‘zingiz foydalanmoqchi bo‘lgan avvaldan o‘rnatilgan sozlama qiymatini tanlang.

Qog‘oz manbasi:

Qog‘oz uzatib beriladigan qog‘oz manbasini tanlang. Printerning chop qilish sozlamalarida tanlangan qog‘oz manbasini avtomatik tarzda tanlash uchun Avtomatik Tanlashni tanlang. Agar Kassetani avtomatik o‘tkazish funksiyasini yoqsangiz, printerga qog‘oz 1-qog‘oz kassetasida qog‘oz tugasa avtomatik tarzda 2-qog‘oz kasetasidan uzatiladi. Qog‘ozni 1-kasseta va 2-kassetaga bir xil qog‘oz (turi va o‘lchami) yuklang.

Hujjat o‘lchami:

O‘zingiz chop qilmoqchi bo‘lgan qog‘oz o‘lchamini tanlang. Agar siz Foydalanuvchi tayinlagan bandini tanlasangiz, qog‘oz eni va bo‘yini kiriting.

Chekkasiz:

Chop qilinadigan ma’lumotlar qog‘oz o‘lchamiga qaraganda bir oz kattalashtiriladi, shuning uchun qog‘oz qirralari bo‘ylab hoshiyalar chop qilinmaydi. Kattalashtirish sonini tanlash uchun Sozlamalar-ni cherting.

Joylashuv:

Chop etishingizda foydalaniladigan yo‘nalishni tanlang.

Qog‘oz turi:

Chop etishingizda foydalanadigan qog‘oz turini tanlang.

Sifat:

Chop etishda foydalaniladigan chop etish sifatini tanlang. Qog‘ozning turiga qarab parametrlar o‘zgaradi.

Yuqori-ni tanlash yuqoriroq sifatli chop qilish bilan ta’minlaydi, biroq chop qilish tezligi sekinroq bo‘lishi mumkin. Agar anchagina balandroq sifatdan foydalanib oddiy qog‘ozga chop qilmoqchi bo‘lsangiz, Eng yaxshi ni tanlang. Chop qilish tezligi sezilarli darajada sekinlashishi mumkinligini yodda tuting.

Rangli:

Rangli yoki oq-qorada chop etishni tanlang.

2 tomonlama chop qilish:

2 tomonlama chop qilish imkoniyatini beradi.

Settings:

Bunda siz tikiladigan tomon va bukish chegarasini ko‘rsatishingiz mumkin. Ko‘p sahifali hujjatlarni chop qiliayotganingizda, sahifaning old yoki orqa tomonidan chop qilishni boshlashni tanlashingiz mumkin.

Bosma zichligi:

Chop qilish zichligini sozlash uchun hujjat turini tanlang. Agar mos chop qilish zichligi tanlangan bo‘lsa, qog‘ozning orqa tomoni orqali tasvirlar rangini aralashib ketishining oldini olish mumkin. Chop qilish zichligini qo’lda sozlash uchun Qo‘lda bandini tanlang.

Ko‘p sahifali:

Bu sizga bitta varaqda bir necha sahifalar chop qilish yoki poster chop qilish imkonini beradi. Sahifalar chop qilinishi tartibini ko’rsatish uchun Sxema tartibi ustiga bosing.

Copies:

Chop qilmoqchi bo’lgan nusxalar sonini qo‘ying.

Birlashtir:

Tartib bo’yicha qo’yilgan yoki to’plamlarga ajratilgan ko’p sahifali hujjatlarni chop qiladi.

Teskari tartiblash:

Chop qilib bo’lingandan so’ng sahifalar to’g’ri tartibda bo’lishi uchun, bu sizga oxirgi sahifadan boshlab chop qilish imkonini beradi.

Sokin rejim:

Printerdan chiqadigan shovqinni pasaytiradi. Biroq buni yoqish chop qilish tezligini pasaytirishi mumkin.

Oldindan ko‘rish:

Chop qilishdan oldin hujjatingiz tasvirini ko’rsatadi.

Job Arranger Lite:

Job Arranger Lite bir nechta dasturlar tomonidan yaratilgan fayllarni birlashtirish va ularni bitta chop qilish ishi sifatida chop qilishga imkon beradi.

Sozlamalarni ko‘rsatish/Sozlamalarni berkitish:

Hozirda Asosiy va Ko‘proq tanlamalar panellarida o‘rnatilgan elementlar ro‘yxatini namoyish qiladi. Joriy sozlamalar ro‘yxati ekranini ko‘rsatish yoki yashirishingiz mumkin.

Standart holatga qaytarish:

Barcha sozlamalarni ularning zavoddagi sukut bo‘yicha qiymatlariga qaytaradi. Ko‘proq tanlamalar panelidagi sozlamalar ham o‘zlarining sukut bo‘yicha qiymatlariga qayta o‘rnatiladi.

Siyoh darajasi:

Taxminiy siyoh darajasini ko‘rsatadi.