> Muammolarni hal qilish > Chop qilish, nusxalash yoki skanerlash sifati past > Nusxa ko‘chirish sifati past > Ko‘chirlgan tasvirda notekis ranglar, dog‘lar, nuqtalar yoki to‘g‘ri chiziqlar paydo bo‘layapti

Ko‘chirlgan tasvirda notekis ranglar, dog‘lar, nuqtalar yoki to‘g‘ri chiziqlar paydo bo‘layapti

Quyidagi sabablarni ko‘rib chiqish mumkin.

Qog‘oz o‘tish yo‘li kir.

Yechimlar

Qo‘goz o‘tish yo‘lini tozalash uchun qo‘gozni yuklang va chop qilmasdan chiqarib oling.

Asl nusxalar yoki skaner oynasida chang yoki kirlar mavjud.

Yechimlar

Asl nusxalarga yopishib qoluvchi har qanday chang yoki kirlarni yo‘qoting va skaner oynasini tozalang.

Asl nusxasi ortiqcha kuch bilan bosilgan.

Yechimlar

Agar ortiqcha kuch bilan bossangiz, chaplashish, dog‘lashish va nuqtalar yuzaga kelishi mumkin.

Hujjat qopqog‘i yoki asl nusxani ortiqcha kuch bilan bosmang.

Nusxa zichligi sozlamasi juda balandga o‘rnatilgan.

Yechimlar

Nusxalash zichligi sozlamasini pasaytiring.