Printerga texnik xizmat ko‘rsatish uchun menyu opsiyalari
Printerning boshqaruv panelidagi Qarov tugmasini tanlang.
Printerga texnik xizmat ko‘rsatish uchun menyu opsiyalari
Kallak uchini tekshirish
Chop etish kallagi uchliklari tiqilib qolgan-qolmaganini tekshirish uchun shuni tanlang.Printer uchlikni tekshirish andozasini chop etadi.
Chop etish kallagini tozalash
Chop etish kallagidagi tiqilib qolgan uchliklarni tozalash uchun shuni tanlang.
Kuchli tozalash
Barcha siyoh naychalari ichidagi barcha siyohni almashtirish uchun ushbu funksiyani tanlang. Odatiy tozalashdan ko‘ra ko‘proq siyoh sarf qilinadi. Bu funksiyadan foydalanish haqda ko‘proq ma’lumot uchun “Qo‘shimcha ma’lumot” bandini ko‘zdan kechiring.
Kallakni rostlash
Chop qilish sifatini yaxshilash uchun chop qilish kallagini sozlashda shu funksiyadani tanlang.
Vertikal tekislash
Chop qilingan narsalar chaplangan yoki matn hamda chiziqlar tekis bo’lmasa, shu funksiyani tanlang.
Gorizontal tenglashtirish
Agar gorizontal ajratish chop qilingan hujjatlarda odatiy oralqida chiqarilayotgan bo‘lsa, bu funksiyani tanlang.
Siyoh quyish
Siyoh idishini to‘ldirayotganda, siyoh darajasini 100% ga qayta o‘rnatish uchun shu funksiyani tanlang.
Siyoh darajasini belgilash
Qolgan haqiqiy siyohga ko‘ra siyoh darajasini o‘rnatish uchun shu xususiyatni tanlang.
Texnik xizmat qutisi qolgan sig‘imi.
Texnik xizmat qutisining taxminiy ishlash muddatini ko‘rsatadi. ko‘rsatilsa, texnik xizmat qutisi deyarli to‘lgan bo‘ladi. ko‘rsatilsa, texnik xizmat qutisi to‘lgan bo‘ladi.
Rostlagichni tozalash
Ichki g‘ildiraklarda siyoh dog‘lari bor bo‘lsa, shuni tanlang.Ichki g‘ildiraklarni tozalash uchun printer qog‘oz o‘tkazadi.