Bulutga skanerlash

Skanerlangan tasvirlarni bulut xizmatiga yuborishingiz mumkin.Bu xususiyatdan foydalanishdan avval Epson Connect-dan foydalanib parametrlarni o‘rnatishni bajaring.Batafsil ma’lumotlar olish uchun quyidagi Epson Connect portali veb-saytiga qarang.

https://www.epsonconnect.com/

http://www.epsonconnect.eu (Faqat Yevropa)

Eslatma:

Boshqaruv panelidan skanerlaganda bir necha asl hujjatlarni bitta PDF fayl ko‘rinishida saqlay olmaysiz.Epson Scan 2 dasturi va Hujjat rejimi bandidagi Skan. keyin qo‘sh./tahr. sozlamalari orqali siz asl hujjatni skanerlaganingizdan so‘ng qo‘shimcha asl hujjatlarni ham skanrlashingiz va ularni bitta faylda saqlashingiz mumkin.

  1. Epson Connect-dan foydalanib parametrlari o‘rnatganligingizga ishonch hosil qiling.

  2. Asl nusxalarni joylashtiring.

  3. Bosh ekranda Skaner bandini tanlang.

    Elementni tanlash uchun tugmalardan foydalaning va keyin OK tugmasini bosing.

  4. Bulut bandini tanlang.

  5. Ekran yuqorisida tugmasini tanlang va so‘ngra manzilni tanlang.

  6. Saqlash formati kabi sozlamalarni Skaner bo‘limida o‘rnating.

    • Oq-qora/Rangli: Rangli yoki oq-qorada skanerlashni tanlang.
    • JPEG/PDF: Skanerlangan tasvirni saqlash formatini tanlang.
  7. Qo‘shimcha sozlamalar qatorini tanlang, so‘ngra sozlamalarni tekshiring va zarurat tug‘ilsa, ularni o‘zgartiring.

  8. Skaner bandini tanlang va keyin tugmasini bosing.

    Eslatma:

    Skanerlangan tasvirning rangi, o‘lchami va chegarasi asl nusxaniki bilan aynan bir xil bo‘lmaydi.