Chop qilish bo'yicha maslahatlar va ogohlantirishlar
Printerni o'rnatish bo'yicha maslahatlar va ogohlantirishlar
Printerdan foydalanish bo‘yicha maslahatlar va ogohlantirishlar
Printerni tashish yoki saqlash bo'yicha maslahatlar va ogohlantirishlar
Printerdan simsiz ulanish orqali foydalanish bo‘yicha maslahatlar va ogohlantirishlar
LCD ekrandan foydalanish bo'yicha maslahatlar va ogohlantirishlar
Windows-da printer drayveridan chop qilish
Sahifalarni to‘g‘ri tartibda chop qilish va taxlash (Teskari tartibda chop qilish)
Kichiklashtirilgan yoki kattalashtirilgan hujjatni chop qilish
Kattalashtirish uchun bitta tasvirni bir nechta varaqqa chop qilish (Poster yaratish)
Rangli universal chop qilish funksiyasidan foydalangan holda chop qilish
Siyoh kartrijlari va boshqa sarf materiallarini almashtirish
Printerga texnik xizmat ko'rsatish
Chop qilishdagi chaplanish, vertikal chiziqlar yoki notengliklar
Hoshiyasiz chop qilish vaqtida tasvirlarning qirralari qirqib tashlanayapti
Chop qilingan materialning holati, o'lchamlari yoki hoshiyalari noto'g'ri
Ko'chirlgan tasvirda notekis ranglar, dog'lar, nuqtalar yoki to'g'ri chiziqlar paydo bo'layapti
Nusxa olingan tasvirda Muar (To'r) namunalari paydo bo'layapti
Asl nusxaning orqa tarafi tasviri nusxa ko'chirilgan tasvirda ko'rinayapti
Faks ulanishini avtomatik tekshirish uchun boshqaruv panelidagi Faks aloqasini tekshirish-dan foydalaning. Hisobotda chop qilingan yechimlarni sinab ko‘ring.
Liniya turi parametrini tekshiring. Buni PBX qilib belgilash muammoni bartaraf etishi mumkin. Agar telefon tizimi tashqi liniyaga chiqish uchun tashqi kirish kodini talab qilsa, kirish kodini printerda ro‘yxatdan o‘tkazing va yuborishda faks raqamining boshlanishiga # (panjara) belgisini kiriting.
Agar aloqa xatoligi yuz bersa, boshqaruv panelida Faks tezligi parametrini Sekin(9,600bps)-ga o‘rnating.
Telefonni unga ulash va tekshirib ko‘rish orqali devordagi telefon uyachasining ishlashini tekshiring. Agar qo‘ng‘iroq qila yoki qabul qila olmasangiz, telekommunikatsiya kompaniyasiga murojaat qiling.
DSL telefon liniyasiga ulanish uchun ichki qurilgan DSL filtri bilan jihozlangan DSL modemidan foydalanish yoki liniyaga alohida DSL filtrini o‘rnatish talab qilinadi. DSL provayderingizga murojaat qiling.
Agar DSL telefon liniyasiga ulanayotgan bo‘lsangiz, printerning faks yubora olishini tekshirish uchun printerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri devordagi telefon uyachasiga ulang. Agar u ishlasa, muammo DSL filtri tomonidan bo‘lishi mumkin. DSL provayderingizga murojaat qiling.
Boshqaruv panelida ECM parametrini yoqing. ECM o‘chiq ekanligida rangli fakslarni yuborib yoki olib bo‘lmaydi.
Kompyuterdan foydalangan holda fakslar yuborish yoki olish uchun printerning USB kabeli orqali yoki tarmoqqa ulanganligiga hamda PC-FAX drayverining kompyuterga o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling. PC-FAX drayveri FAX Utility bilan birgalikda o‘rnatiladi.
Windows-da printerning (faksning) Qurilmalar va printerlar, Printer yoki Printerlar va boshqa apparat vositalar-da namoyish qilinganligiga ishonch hosil qiling. Printer (faks) “EPSON XXXXX (FAX)” sifatida namoyish qilinadi. Agar printer (faks) namoyish qilinmasa, FAX Utility-ni o‘chiring va qaytadan o‘rnating. Qurilmalar va printerlar, Printer yoki Printerlar va boshqa apparat vositalar-ga kirish uchun quyidagiga qarang.
Windows 10/Windows Server 2016
Start tugmasini cherting va keyin Apparat vositalar va tovush-da Windows tizimi > Boshqaruv paneli > Qurilmalar va printerlarni ko‘rish-ni tanlang.
Windows 8.1/Windows 8
Apparat vositalar va tovush yoki Apparat vositalar-da Ish stoli > Sozlanmalar > Boshqaruv paneli > Qurilmalar va printerlarni ko‘rish-ni tanlang.
Windows 7
Start tugmasini bosing va keyin Apparat vositalar yoki Apparat vositalar va tovush bo‘limidan Boshqaruv paneli > Qurilmalar va printerlarni ko‘rish bandini tanlang.
Windows Vista
Start tugmasini cherting va Apparat vositalar va tovush-da Boshqaruv paneli > Printerlar-ni tanlang.
Windows XP
Start tugmasini bosing va Sozlamalar > Boshqaruv paneli > Printerlar va boshqa apparat vositalar > Printerlar va fakslar bandini tanlang.
Mac OS-da quyidagilarni tekshiring.
menyusi > Printerlar va skanerlar (yoki Chop etish va skanerlash, Chop etish va faks) bo‘limidan Tizim sozlamalari bandini tanlang va keyin ko‘rsatilgan printerni (faksni) tanlang. Printer (faks) “FAX XXXX (USB)” yoki “FAX XXXX (IP)” sifatida namoyish qilinadi. Agar printer (faks) ko‘rsatilmasa, [+] tugmasini bosing va printerni (faksni) ro‘yxatdan o‘tkazing.
menyusi > Printerlar va skanerlar bo‘limidan (yoki Chop etish va skanerlash, Chop etish va faks bo‘limidan) Tizim sozlamalari bandini tanlang va keyin printer nomi ustiga ikki marta bosing. Agar printer to‘xtatib qo‘yilgan bo‘lsa, Qayta tiklash-ni (yoki Printer ishini qayta tiklash-ni) cherting.