/ Faks sozlamalari / Printerning faks xususiyatlari uchun sozlamalarni alohida tarzda o‘rnatish / Tashqi telefon qurilmasini ulaganingizda sozlamalarni o'rnatish / Faqat ulangan telefonni ishlatgan holda fasklarni olish uchun sozlamalarni o‘rnatish (Masofaviy qabul)

Faqat ulangan telefonni ishlatgan holda fasklarni olish uchun sozlamalarni o‘rnatish (Masofaviy qabul)

Printerni umuman ishlatmagan holda faqatgina go‘shakni ko‘tarish va telefonni ishlatish orqali kiruvchi fakslarni olishni boshlashingiz mumkin.

Masofaviy qabul funksiyasidan tovushli raqam terishni qo‘llab-quvvatlovchi telefonlarda foydalanish mumkin.

  1. Printer boshqaruv panelidagi bosh ekrandan Sozlamalar bandini tanlang.

    Elementni tanlash uchun tugmalardan foydalaning va keyin OK tugmasini bosing.

  2. Umumiy sozlamalar > Faks sozlamalari > Asosiy sozlamalar > Masofaviy qabul-ni tanlang.

  3. Masofaviy qabul-ni On-ga o‘rnating.

  4. Boshlash kodi-ni tanlang, ikkita raqamli kodni kiriting (0 dan 9 gacha raqamlar, * va # belgilarini kiritishingiz mumkin) va keyin OK tugmasini tanlang.

  5. Sozlamalarni qo‘llash uchun Tayyorni tanlang.