/ Skanerlash / Boshqaruv panelidan foydalanib skanerlash / Kompyuterga skanerlash (Event Manager)

Kompyuterga skanerlash (Event Manager)

Eslatma:

Skanerlashdan oldin kompyuteringizga Epson Scan 2 va Epson Event Manager-ni o‘rnating.

  1. Asl nusxalarni joylashtiring.

  2. Bosh ekranda Skaner-ni tanlang.

    Elementni tanlash uchun tugmalardan foydalaning va keyin OK tugmasini bosing.

  3. Kompyuter-ni tanlang.

  4. Skanerlangan tasvirlani saqlash uchun kompyuterni tanlang.

    • Agar Kompyuterni tanlang ekrani chiqsa, ekrandan kompyuterni tanlang.
    • Agar Kompyuterga skanlash ekrani ko‘rsatilsa va kompyuter tanlangan bo‘lsa, kompyuterning to‘g‘ri tanlanganligiga ishonch hosil qiling. Agar to‘g‘ri tanlanmagan bo‘lsa, kompyuterni tanlash uchun -ni tanlang.
    Eslatma:
    • Printer tarmoqqa ulanganda skanerlangan tasvirni saqlash uchun o‘zingiz xohlagan kompyuterni tanlashingiz mumkin. Printer boshqaruv panelida 20 tagacha kompyuterni ko‘rsatishingiz mumkin. Agar Epson Event Manager-da Network Scan Name (Alphanumeric)-ni o‘rnatsangiz, u boshqaruv panelida ko‘rsatiladi.

  5. Skanerlangan tasvirning kompyuterga qanday saqlanishini tanlash uchun -ni tanlang.

    • JPEG sifatida saqlash: skanerlangan tasvirni JPEG formatida saqlaydi.
    • PDF sifatida saqlash: skanerlangan tasvirni PDF formatida saqlaydi.
    • E-pochtaga biriktirish: kompyuteringizdagi e-pochta dasturini ishga tushiradi va keyin uni e-pochta xabariga avtomatik ravishda biriktiradi.
    • Maxsus param-ga amal q-sh: skanerlangan tasvir Epson Event Manager-dagi sozlamalardan foydalanib saqlanadi. Skanerlash o‘lchami, saqlash uchun papka yoki saqlash formati kabi skanerlash parametrlarini o‘zgartirish mumkin.
  6. tugmasini bosing.