Bu menyuni quyidagi printer boshqaruv panelidan topishingiz mumkin:
Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Faks sozlamalari > Qabul sozlamalari
|
Element |
Bayoni |
|---|---|
|
Kompyuterga saqlash |
Olingan fakslarni printerga ulangan kompyuterga PDF fayllari sifatida saqlaydi. Siz buni FAX Utility ilovasidan foydalanib Ha ga o‘rnatishingiz mumkin. Kompyuterda FAX Utilityni oldindan o‘rnating. Buni Ha ga o‘rnatgandan keyin buni Ha, chop etilsin ga o‘rnatishingiz mumkin. |
|
Avtomatik qisqartirish |
Katta o‘lchamli hujjatlar bilan olingan fakslarni qog‘oz manbasidagi qog‘ozga mos bo‘lishi uchun kamaytirilgan holda chop qiladi. Olingan ma’lumotlarga bog‘liq ravishda har doim ham kcihiklashtirib bo‘lmasligi mumkin. Agar bu o‘chirib qo‘yilsa, katta hujjatlar bir necha sahifaga asl o‘lchamida chop qilinadi yoki ikkinchi bo‘sh sahida chiqarib yuborilishi mumkin. |
|
Sahifani bo‘lish sozlamalari |
Qabul qilingan hujjatning o‘lchami printerga solingan qog‘ozning o‘lchamidan kattaroq bo‘lgan hollarda olingan fakslarni sahifalarga bo‘lgan holda chop qiladi. |
|
Avtomatik aylantirish |
Ular A5 o‘lchamidagi qog‘ozga chop qilinishi uchun olingan fakslarni peyzaj oriyentatsiyasidagi A5 o‘lchamli hujjatlar kabi aylantiradi. Bu sozlama A5 o’lchamli qog’oz quyidagicha sozlanganda amal qiladi: Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Printer sozlamalari > Qog'oz manbasi sozlamalari > Qog‘oz > Qog'oz o'lchami. Off tanlanganida A5 o‘lchamli peyzaj oriyentatsiyasidagi, A4 portret hujjatlari bilan bir xil kenglikka ega bo‘lgan olingan fakslar A4 o‘lchamidagi fakslar sifatida hisoblanadi va chop qilinadi. |
|
Qabul qilish axborotini qo‘shish |
Yuboruvchi sarlavha axborotini kiritmasa ham, qabul qilingan faksda qabul qilish axborotini chop etadi. Qabul qilish ma’lumoti faks olingan sana va vaqt, yuboruvchi ID’si, sahifa raqamini (“P1” kabi) o‘z ichiga oladi. Sahifani bo‘lish sozlamalari yoqilgan bo‘lsa, bo‘laklangan sahifa raqami ham qo‘shiladi. |
|
2 tomonlama |
Olingan hujjatlarning sahifalarini qog‘ozning har ikkala tomoniga chop etadi. |
|
Chop etishni boshlash vaqti |
Olinadigan fakslarni chop etishni boshlash sozlamalarini tanlang.
|
|
To'g'ri taxlash |
Birinchi sahifa oxirida chop qilinganligi uchun (chiqarish tepasiga) chop qilingan hujjatlar to‘g‘ri sahifa tartibida taxlanadi. Printer xotirasida joy kam bo‘lgan holda ishlayotganda bu funsksiyadan foydalanib bo‘lmasligi mumkin. |
|
Chop etishni to'xtatish oralig'i |
|
|
Sokin rejim |
Fakslarni chop etishda printer shovqinini kamaytiradi, ammo chop etish sekinlashishi mumkin. |