Agar LCD ekranda xatolik to'g'risida xabar namoyish qilinsa, muammoni hal qilish uchun ekrandagi ko'rsatmalarga yoki quyidagi yechimlarga amal qiling.
|
Xatolik to‘g‘risidagi xabarlar |
Yechimlar |
|---|---|
|
Printer xatosi Printerni yana yoqing. Tafsilotlarini yordamdan o‘qing. |
Printerdan har qanday qog'oz yoki himoya materialini olib tashlang. Agar baribir xatolik to'g'risidagi xabar ko'rsatilsa, Epson qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling. |
|
XXda qog‘oz tugadi. |
Qog‘oz qo‘yib, qog‘oz kassetasini oxirigacha kirgizing. |
|
Siyoh kartriji kartrijini almashtirish kerak. |
Chop qilishning oliy sifatini ta'minlash va chop qilish golovkasini himoya qilishda yordam berish uchun printer kartridjni to'ldirish kerakliguni ko'rsatganda o'zgaruvchan siyoh zahirasi kartridj ichida qoladi. Shunday qilish tavsiya qilinganda kartridjni almashtiring. |
|
Printerdagi hoshiyasiz chop etish uchun siyoh yostiqchasining muddati tugamoqda. U siz almashtira oladigan qism emas. Epson ko‘mak xizmatiga murojaat qiling. |
Hoshiyasiz chop qilish siyoh yostiqchasini almashtirish uchun Epson yoki Epsonning vakolatli xizmat provayderiga murojaat qiling*. U foydalanuvchi tomonidan xizmat ko'rsatilishi mumkin bo'lgan qism emas. Bu xabar siyoh yostiqchasi almashtirilgunicha namoyish qilinadi. Chop etishni qaytalash uchun Tushunarli tugmasini tanlang. |
|
Printerdagi hoshiyasiz chop etish uchun siyoh yostiqchasining muddati tugadi. U siz almashtira oladigan qism emas. Epson ko‘mak xizmatiga murojaat qiling. |
Hoshiyasiz chop qilish siyoh yostiqchasini almashtirish uchun Epson yoki Epsonning vakolatli xizmat provayderiga murojaat qiling*. U foydalanuvchi tomonidan xizmat ko'rsatilishi mumkin bo'lgan qism emas. Ammo skanerlash kabi chop etishga bog‘liq bo‘lmagan xususiyatlardan foydalanish mumkin. |
|
Qog'ozni sozlash O‘chirilgan qilib sozlangan. Qog‘oz o‘lchami va turi sozlamalari kabi ayrim funksiyalar ishlamasligi mumkin. Batafsil axborot uchun hujjatlarni qarab chiqing. |
Agar Qog'ozni sozlash o'chirilgan bo'lsa, AirPrint-dan foydalanib bo'lmaydi. |
|
IP manzil kombinatsiyasi va subtarmoq maskasi xato. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun hujjatni ko‘ring. |
To‘g‘ri IP-manzil yoki sukut bo‘yicha shlyuzni kiriting. Yordam olish uchun tarmoqni o'rnatgan odamga murojaat qiling. |
|
Bulut xizmatlarini ishlatish uchun negiz sertifikatni yangilang. |
Web Config-ni ishga tushiring va keyin negiz sertifikatini yangilang. |
|
Kompyuterga printer drayveri o‘rnatilganini va printer uchun port sozlamalari to‘g‘ri ekanini tekshiring. |
Printer menyusidagi Xususiyat > Port-dan printer portining to'g'ri tanlanganligiga quyidagicha ishonch hosil qiling. USB ulanishi uchun “USBXXX”-ni yoki tarmoq ulanishi uchun “EpsonNet Print Port”-ni tanlang. |
|
Kompyuterga printer drayveri o‘rnatilganini va printer uchun USB port sozlamalari to‘g‘ri ekanini tekshiring. |
|
|
Recovery Mode |
Mikrodastur yangilanishi xatolikka uchraganligi tufayli printer qayta tiklash rejimini ishga tushirdi. Mikrodastur yangilanishiga qaytadan urinish uchun quyidagi qadamlarga amal qiling. 1. Kompyuter va printerni USB kabeli bilan ulang. (Qayta tiklash rejimida mikrodasturni tarmoq ulanishi orqali yangilay olmaysiz.) 2. Batafsil ko‘rsatmalar olish uchun mahalliy Epson veb-saytiga tashrif buyuring. |
* Ayrim chop qilish sikllarida oz miqdordagi ortiqcha siyoh yostiqchasiga to'planishi mumkin. Yostiqchadan siyoh oqishining oldini olish uchun mahsulot yostiqchaning so'rish qobiliyati o'z limitiga yetganda chop qilishni to'xtatadigan tarzda loyihalangan. Buning talab qilinishi yoki qilinmasligi va qanchalik tez-tez talab qilinishi hoshiyasiz chop qilish usulidan foydalanib chop qilishlar soniga bog'liq ravishda o'zgaradi. Yostiqchani almashtirish kerakligi printerning o'zining texnik xususiyatlariga ko'ra ishlashdan to'xtaganligini anglatmaydi. Yostiqchani almashtirish talab qilingan hollarda printer sizni ogohlantiradi va bu faqat Epsonning vakolatli xizmat provayderi tomonidan bajarilishi mumkin. Epson kafolati buni almashtirish harajatlarini qamrab olmaydi.