/ Muammolarni hal qilish / Tiqilib qolgan qog‘ozni olib tashlash

Tiqilib qolgan qog‘ozni olib tashlash

Tiqilib qolgan qog‘oz parchalarini topish va olib tashlash uchun printerning boshqaruv panelidagi yo‘l-yo‘riqlarga amal qiling. LCD ekranida tiqilib qolgan qog‘ozni olib tashlash usuli ko‘rsatiladi.

Diqqat:

Qo‘lingiz printerning ichida bo‘lgan vaqtda boshqaruv panelidagi tugmalarga tegmang. Agar printer ishlay boshlasa, bu jarohatlanishga olib kelishi mumkin. Jarohatlanishning oldini olish uchun turtib chiqqan qismlarga tegib ketmaslikka harakat qiling.

Muhim:

Tiqilib qolgan qog‘ozni ehtiyotlik bilan oling. Qog‘ozni jadallik bilan olish printerga shikast yetkazishi mumkin.