/ Tarmoq parametrlari / Tarmoq ulanishi holatini tekshirish / Boshqaruv panelidan tarmoq batafsil ma’lumotini tekshirish

Boshqaruv panelidan tarmoq batafsil ma’lumotini tekshirish

Printeringiz tarmoqqa ulanganida, tekshirmoqchi bo‘lgan tarmoq menyularini tanlab, tarmoqqa bog‘liq boshqa ma’lumotlarni ham ko‘rishingiz mumkin.

  1. Bosh ekranda Sozlamalar bandini tanlang.

    Bandni tanlash uchun, tugmalaridan foydalangan holda kursorni ushbu bandga tushiring va so‘ngra OK tugmasini bosing.

  2. Tarmoq sozlamalari > Tarmoq holatini tanlang.

  3. Ma'lumotni tekshirish uchun kerakli menyularni tanlang.

    • Wi-Fi holati
      Wi-Fi ulanishlari uchun tarmoq ma’lumotini (qurilma nomi, ulanish, signal kuchi, IP manzilini olish va boshqalar) ko‘rsatadi.
    • Wi-Fi Direct holati
      Wi-Fi Direct (Oddiy AP) ulanishlari uchun Wi-Fi Direct (Oddiy AP) yoniq yoki o‘chirilganini ko‘rsatadi.
    • Holat varag‘ini chop etish
      Tarmoq holati varag'ini chop qiladi.Wi-Fi, Wi-Fi Direct (Oddiy AP) va boshqalarga oid ma’lumot ikki yoki undan ortiq sahifaga chop etiladi.