/ Ushbu qo'llanma to'g'risida / Qo‘llanmalarga kirish

Qo‘llanmalarga kirish

Quyidagi qo‘llanmalar Epson printeringiz bilan birga keladi. Qurilmalar bilan birgalikda printerning o‘zidan yoki Epson dasturiy ta’minot ilovalaridan yordam ma’lumotlarining turli turlarini tekshiring.

  • Ishni boshlash qo‘llanmasi (qog‘oz qo‘llanma)

    Printerni ishga tayyorlash, dasturiy ta’minotni o‘rnatish, printerdan foydalanish, muammolarni bartaraf qilish kabilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.

  • Foydalanuvchi qo‘llanmasi (raqamli qo‘llanma)

    Ushbu qo‘llanma. Printerdan foydalanish, printerdan tarmoqda foydalanganda tarmoq sozlamalari va muammolarni hal qilish to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar beradi.

Yuqoridagi qo‘llanmalarning eng so‘nggi versiyalarini quyidagi usullar orqali olishingiz mumkin.

  • Qog‘oz qo‘llanma

    Epson Europe ko‘mak xizmati — http://www.epson.eu/Support yoki Epson butunjahon ko‘mak xizmati veb-saytiga — http://support.epson.net/ tashrif buyuring.

  • Elektron qo‘llanma

    Kompyuteringizda EPSON Software Updater dasturini ishga tushiring. EPSON Software Updater dasturi Epson dasturiy ilovalari va elektron qo‘llanmalari uchun yangilanish mavjudligini tekshiradi hamda ularning eng so‘nggi versiyasini yuklab olish imkonini beradi.