/ Muammolarni hal qilish / Printer holatini tekshirish / LCD ekranda xatolarning kodlarini tekshirish

LCD ekranda xatolarning kodlarini tekshirish

Agar birorta xatolik yoki sizning e’tibor berishingizni talab qiluvchi ma’lumot mavjud bo‘lsa, LCD ekranda kod namoyish qilinadi. Agar kon namoyish qilinsa, muammoni hal qilish uchun quyidagi yechimlarga amal qiling.

Kod

Holat

Yechimlar

E-01

Printer xatosi yuz berdi.

Skaner qurilmasini oching va printer ichidagi ham qanday qog‘oz yoki himoya materialini olib tashlang. Printerni o‘chirib yoqing.

E-02

Skaner xatosi yuz berdi.

Printerni o‘chirib yoqing.

E-12

Hoshiyasiz chop qilish siyoh yoqtiqchalarini almashtirish kerak.

Hoshiyasiz chop qilish siyoh yostiqchasini almashtirish uchun Epson yoki Epsonning vakolatli xizmat provayderiga murojaat qiling*. U foydalanuvchi tomonidan xizmat ko'rsatilishi mumkin bo'lgan qism emas.

Hoshiyasiz chop qilishdan foydalanib bo‘lmaydi, biroq hoshiya bilan chop qilishdan foydalanish mumkin.

W-01

Qog‘ozning tiqilib qolishi yuz berdi.

Xatoni bartaraf qilish uchun printerdan qog‘ozni olib qo‘ying va LCD ekranning quyi qismida namoyish qilingan tugmani bosing. Ayrim hollarda qurilmani o‘chirib yoqishga to‘g‘ri keladi.

W-12

Siyoh kartridjlari noto‘g‘ri o‘rnatilgan.

Siyoh kartridjini mahkam pastga bosing.

W-13

LCD ekranda namoyish qilingan siyoh kartridji tanib olinmadi.

Siyoh kartrijini almashtiring. Epson haqiqiy Epson siyoh kartridjlaridan foydalanishni tavsiya qiladi.

W-14

Hoshiyasiz chop qilish siyoh yostiqchasining ximat qilish muddati tugay deb qolgan.

Hoshiyasiz chop qilish siyoh yostiqchasini almashtirish uchun Epson yoki Epsonning vakolatli xizmat provayderiga murojaat qiling*. U foydalanuvchi tomonidan xizmat ko'rsatilishi mumkin bo'lgan qism emas. Bu xabar siyoh yostiqchasi almashtirilgunicha namoyish qilinadi.

Chop qilishni qayta tiklash uchun tugmasini bosing.

I-22

Tugmali (WPS)-da Wi-Fi ni o‘rnating.

Kirish nuqtasi tugmasini bosing. Agar kirish nuqtasida hech qanday tugma bo‘lmasa, kirish nuqtasini o‘rnatish oynasini oching va keyin dasturiy ta’minotda namoyish qilingan tugmani bosing.

I-23

PIN-kod (WPS)-da Wi-Fi ni o‘rnating.

LCD ekranda namoyish qilingan PIN kodni ikki daqiqa ichida kirish nuqtasi yoki kompyuterga kiriting.

I-31

Wi-Fi avto ulanish-da Wi-Fi ni o‘rnating.

Dasturiy ta’minotni kompyuterga o‘rnating va keyin Wi-Fi ni o‘rnatish boshlanganda OK tugmasini bosing.

I-41

Qog‘oz sozlash Avto o‘chirib qo‘yilgan. Ayrim funksiyalardan foydalanib bo‘lmaydi.

Agar Qog‘oz sozlash Avto o‘chirilgan bo‘lsa, AirPrint-dan foydalanib bo‘lmaydi.

I-60

Kompyuteringiz WSD (Qurilmalar uchun Veb xizmatlari) ni qo‘llab-quvvatlamasligi mumkin.

Kompyuterga (WSD) skanerlash xususiyatidan faqat Windows 10, Windows 8.1, Windows 8, Windows 7 yoki Windows Vista ning ingliz tilidagi versiyalari ishlayotgan kompyuterlarda foydalanish mumkin. Printerning kompyuterga to‘g‘ri ulanganligiga ishonch hosil qiling.

Recovery Mode

Mikrodastur yangilanishi xatolikka uchraganligi tufayli printer qayta tiklash rejimini ishga tushirdi.

Mikrodastur yangilanishiga qaytadan urinish uchun quyidagi qadamlarga amal qiling.

1. Kompyuter va printerni USB kabeli bilan ulang. (Qayta tiklash rejimida mikrodasturni tarmoq ulanishi orqali yangilay olmaysiz.)

2. Batafsil ko‘rsatmalar olish uchun mahalliy Epson veb-saytiga tashrif buyuring.

* Ayrim chop qilish sikllarida oz miqdordagi ortiqcha siyoh yostiqchasiga to'planishi mumkin. Yostiqchadan siyoh oqishining oldini olish uchun printer yostiqchaning so'rish qobiliyati o'z limitiga yetganda chop qilishni to'xtatadigan tarzda loyihalangan. Buning talab qilinishi yoki qilinmasligi va qanchalik tez-tez talab qilinishi hoshiyasiz chop qilish usulidan foydalanib chop qilishlar soniga bog'liq ravishda o'zgaradi. Yostiqchani almashtirish kerakligi printerning o'zining texnik xususiyatlariga ko'ra ishlashdan to'xtaganligini anglatmaydi. Yostiqchani almashtirish talab qilingan hollarda printer sizni ogohlantiradi va bu faqat Epsonning vakolatli xizmat provayderi tomonidan bajarilishi mumkin. Epson kafolati buni almashtirish harajatlarini qamrab olmaydi.