/ Nusxa ko'chirish / Nusxalash uchun menyu opsiyalari

Nusxalash uchun menyu opsiyalari

Eslatma:

Mavjud menyular siz tanlagan sxemaga bog‘liq ravishda farq qiladi.

Nusxalar soni:

Nusxalar sonini kiriting.

Rangli:

Asl nusxani rangli nusxa ko‘chiradi.

O-Q:

Als nusxani oq va qorada (monoxrom) nusxa ko‘chiradi.

2 tomonlama:
  • 1> 1 tom.

    Originalning bir tomonini bir varaq qog‘ozning bitta tomoniga nusxa ko‘chiradi.

  • 1>2 tomonlama

    Ikkita bir tomonli originallarni bir varaq qog‘ozning ikki tomoniga nusxa ko‘chiradi.

Zichlik:

Nusxa ko‘chirishda ranglar o‘chgan hollarda tugmasini bosish orqali zichlik darajasini orttiring. Siyoh chaplanib ketgan hollarda tugmasini bosish orqali zichlik darajasini kamaytiring.

Kichraytir/kattartir:

Asl nusxalarni kattalashtiradi yoki kichiklashtiradi.

  • Asl o'chami

    100% kattalashtirish bilan nusxa ko‘chiradi.

  • Avto sig'dir

    Skanerlash sohasini aniqlaydi va o‘zingiz tanlagan qog‘oz o‘lchamiga sig‘ishi uchun avtomatik ravishda kattalashtiradi yoki kichiklashtiradi. Asl nusxa atrofida oq hoshiyalar bo‘lgan hollarda skaner shishasining burchak belgisidan boshlab oq hoshiyalar skanerlash sohasi sifatida aniqlanadi, biroq qarshi tomondagi hoshiyalar qirqilib ketishi mumkin.

  • Noodatiy

    Asl nusxani kattalashtirish yoki kichiklashtirish uchun o‘lchamini o‘zgartirish darajasini ko‘rsatgani tanlang.

Boshqa o'lcham:

Asl nusxani 25% dan 400% gacha bo‘lgan diapzonda kichiklashtirish yoki kattalashtirishda foydalaniladigan o‘lchamini o‘zgartirish darajasini ko‘rsatadi.

Qog‘oz:

O‘zingiz printerda o‘rnatgan qog‘oz o‘lchami va turini o‘rnating.

Ko'p sahifali:
  • Bitta

    Bir tomonli originalni bitta betga nusxalaydi.

  • 2 ta

    2 ta bir tomonli originalni bitta betga joylashtirib nusxa ko‘chiradi. Originalning sxemasi va yo‘nalishini tanlang.

Sifat:

Chop qilish sifatini tanlang. Eng zo'r-ni tanlash yuqoriroq sifatli chop qilish bilan ta’minlaydi, biroq chop qilish tezligi sekinroq bo‘lishi mumkin.

G‘arbiy yevropalik foydalanuvchilar uchun qoralama rejimi mavjud emas.

Kengaytiruv:

Hoshiyalarsiz nusxalash bilan birga, qog‘oz chekkalaridagi hoshiyalarni olib tashlash uchun tasvir bir oz kattalashtiriladi. Rasmni qanchalik kattalashtirish kerakligini tanlang.