Chop qilish bo'yicha maslahatlar va ogohlantirishlar
Printerni o'rnatish bo'yicha maslahatlar va ogohlantirishlar
Printerdan foydalanish bo‘yicha maslahatlar va ogohlantirishlar
Printerni tashish yoki saqlash bo'yicha maslahatlar va ogohlantirishlar
Printerdan simsiz ulanish orqali foydalanish bo‘yicha maslahatlar va ogohlantirishlar
LCD ekrandan foydalanish bo'yicha maslahatlar va ogohlantirishlar
Bir nechta faylni birgalikda chop qilish (faqat Windows uchun)
Poster yaratish uchun bitta tasvirni bir nechta varaqqa chop qilish (faqat Windows uchun)
Siyoh kartrijlari va boshqa sarf materiallarini almashtirish
Printerga texnik xizmat ko'rsatish
Sozlamalar uchun menyu opsiyalari
Chop qilishdagi chaplanish, vertikal chiziqlar yoki notengliklar
Hoshiyasiz chop qilish vaqtida tasvirlarning qirralari qirqib tashlanayapti
Chop qilingan materialning holati, o'lchamlari yoki hoshiyalari noto'g'ri
Ko'chirlgan tasvirda notekis ranglar, dog'lar, nuqtalar yoki to'g'ri chiziqlar paydo bo'layapti
Nusxa olingan tasvirda Muar (To'r) namunalari paydo bo'layapti
Asl nusxaning orqa tarafi tasviri nusxa ko'chirilgan tasvirda ko'rinayapti
Printer drayveri dasturdan olingan buyruqlarga ko'ra printerni boshqaradi. Printer drayveridagi parametrlarni sozlash eng yaxshi chop qilish sifati bilan ta'minlaydi. Yana printer drayveri yordamchi dasturidan foydalangan holda printer holatini tekshirish yoki eni eng yaxshi ishlash holatida saqlash ham mumkin.
Printer drayveri tilini o'zgartirishingiz mumkin. Til panelidagi Texnik xizmat parametrida o'zingiz foydalanmoqqchi bo'lgan tilni tanlang.
Faqat o'zingiz foydalanayotgan dasturga qo'llaniladigan parametrlarni o'rnatish uchun o'sha dasturdan kiring.
Fayl menyusidan Chop qilish yoki Chop qilishni o'rnatish-ni tanlang. Printerni tanlang va keyin Afzalliklar yoki Xususiyatlar-ni cherting.
Ishlashi dasturga bog'liq ravishda farq qiladi. Batafsil ma’lumotlar olish uchun dastur yordamiga qarang.
Barcha dasturlarga qo'llaniladigan parametrlarni o'rnatish uchun boshqaruv panelidan kiring.
Windows 10
Start tugmasini cherting va keyin Apparat vositalar va tovush-da Windows tizimi > Boshqaruv paneli > Qurilmalar va printerlarni ko‘rish-ni tanlang. Printerga o'ng tugmani bosing yoki uni bosing va ushlab turing va keyin Chop qilish afzalliklari-ni tanlang.
Windows 8.1/Windows 8
Apparat vositalar va tovush-da Ish stoli > Sozlanmalar > Boshqaruv paneli > Qurilmalar va printerlarni ko‘rish-ni tanlang. Printerga o'ng tugmani bosing yoki uni bosing va ushlab turing va keyin Chop qilish afzalliklari-ni tanlang.
Windows 7
Start tugmasini cherting va Apparat vositalar va tovush-da Boshqaruv paneli > Qurilmalar va printerlarni ko‘rish-ni tanlang. Printerga sichqonchaning o'ng tugmasini bosing va Chop qilish afzalliklari-ni tanlang.
Windows Vista
Start tugmasini cherting va Apparat vositalar va tovush-da Boshqaruv paneli > Printerlar-ni tanlang. Printerga sichqonchaning o'ng tugmasini bosing va Chop qilish afzalliklarini tanlash-ni tanlang.
Windows XP
Start tugmasini cherting va Boshqaruv paneli > Printerlar va boshqa apparat vositalar > Printerlar va fakslar-ni tanlang. Printerga sichqonchaning o'ng tugmasini bosing va Chop qilish afzalliklari-ni tanlang.
Ish stolidagi vazifalar panelidagi printer tasvirchasi printer drayveriga tez kirishga imkon beruvchi yorliq tasvirchadir.
Agar siz printer tasvirchasiga chertsangiz va Printer sozlamalari-ni tanlasangiz, boshqaruv panelida namoyish qilingani singari printer parametrlari oynasiga kirishingiz mumkin. Bu tasvirchaga ikki marta chertish orqali printer holatini tekshirish mumkin.
Agar printer tasvirchasi vazifalar panelida namoyish qilinmasa, printer drayveri oynasiga kiring, Kuzatuv sozlamalari panelidagi Texnik xizmat-ni cherting va keyin Yorliq tasvirchasini vazifalar satrida qayd qilish-ni tanlang.
Printer drayveri oynasiga kiring. Texnik xizmat panelini cherting.