/ Siyoh kartrijlari va boshqa sarf materiallarini almashtirish / Vaqtinchalik qora siyoh bilan chop qilish

Vaqtinchalik qora siyoh bilan chop qilish

Rangli siyoh tugab qolgan va qora siyoh esa bor bo'lgan hollarda qisqa vaqtga faqatgina qora siyohdan foydalanib chop qilishni davom ettirish uchun quyidagi sozlamalardan foydalanishingiz mumkin.

  • Qog'oz turi: Tekis qog‘oz, Konvert

  • Rang: O&Q yoki Kulrang shkala

  • Hoshiyasiz: Tanlanmagan

  • EPSON Status Monitor 3: Yoqilgan (Windows da printer drayveridan chop qilganda.)

Bu xususiyatdan faqatgina taxminan besh kun foydalanish mumkinligi sababli tugab qolgan rang kartrijini iloji boricha tezroq almashtiring.

Eslatma:
  • Agar EPSON Status Monitor 3 o'chirilgan bo'lsa, printer drayveriga kiring, Kengaytirilgan sozlamalar panelida Texnik xizmat-ni tanlang va keyin EPSON Status Monitor 3 ni yoqish-ni tanlang.

  • Mavjud davr foydalanish sharoitlariga bog'liq ravishda farq qilishi mumkin.