/ Qog'ozni yuklash / Orqa Qog‘oz Tortmasiga qog‘oz solish

Orqa Qog‘oz Tortmasiga qog‘oz solish

  1. Uzatgich qopqog‘ini oching va qog‘oz tayanchini tortib chiqaring.

  2. Rostlagichlarni suring.

  3. Qog‘ozni qog‘oz markaziga, chop qilinadigan tomonini yuqoriga qilgan holda joylashtiring.

    Muhim:
    • Qog‘oz uchun ko‘rsatilgan maksimal varaqlar sonidan ortiq qog‘oz solmang. Oddiy qog‘ozni qirra yo‘naltirgichi ichidagi belgisidan o‘tadigan tarzda solmang.

    • Kalta chetidan boshlab soling. Ammo uzun chetini maxsus o‘lchamning eni deb belgilagan bo‘lsangiz, uzun chetidan boshlab soling.

    • Konvert
      Ochiladigan joyi bor konvertlarni chap tarafga soling.
    • Uzun qog‘ozlar
      Standart o‘lchamdan uzunroq bo‘lgan qog‘ozni solishda qog‘oz ta’minlagichni o‘z holicha qoldirib, qog‘ozning old qirrasini tekislang.
    • Avvaldan teshilgan qog‘oz
    Eslatma:
    • Chap yoki o‘ng tarafda birlashtiruvchi darchalarga ega tegishli o‘lchamdagi bo‘sh bir qavatlik qog‘oz yuklang.

    • Teshiklar ustiga chop qilmaslik uchun faylning chop qilish holatini o‘zgartiring.

    • Avvaldan tamg‘alangan qog‘oz uchun avtomatik 2 tomonlama chop qilish funksiyasidan foydalanib bo‘lmaydi.

  4. Chekkalar yo‘naltirgichlarini qog‘oz qirrasiga surib qo‘ying va keyin uzatkich qopqog‘ini yoping.

    Muhim:

    Uzatkichni himoyalovchi moslama ustiga narsalar qo‘ymang. Bunday qilish qog‘oz uzatilishiga xalaqit qilishi mumkin.

  5. Boshqaruv panelida orqa qog‘oz tortmasi-ga solingan qog‘oz o‘lchami va turini tanlang.

    Elementni tanlash uchun tugmalardan foydalaning va keyin OK tugmasini bosing.

    Eslatma:
    • Sozlamalar > Printerni sozlash > Qog'oz manbasi sozlamasi > Qog'oz turi-ni tanlash orqali ham qog‘oz o‘lchami va qo‘goz turi parametlari ekranini namoyish qilishingiz mumkin.

    • Blank qog‘ozi uchun qog‘oz turi sifatida Letterhead bandini tanlang.

    • Blank qog‘ozi uchun agar siz printer drayverida o‘rnatilgan sozlamadan kichikroq bo‘lgan qog‘ozga chop qilsangiz, printer qog‘ozning chetlaridan tashqariga chop qilishi mumkin, bu chop qilingan materiallarda dog‘lar paydo bo‘lishi va printer ichida ortiqcha siyoh to‘planishiga olib kelishi mumkin. To‘g‘ri qog‘oz o‘lchamini tanlanganingizga ishonch hosil qiling.

    • 2 tomonlama chop qilish va hoshiyasiz chop qilish letterhead qog‘ozi uchun ishlamaydi. Yana chop qilish tezligi pastroq bo‘lishi mumkin.

  6. Chiqarish lotogini tashqariga suring.

    Eslatma:

    Qolgan qog‘ozni qadog‘oga qaytarib soling. Agar uni printerda qoldirsangiz, qog‘oz buklanishi yoki chop qilish sifati pasayishi mumkin.