/ Tarmoq parametrlari / Smart qurilmasiga ulash / Wi-Fi Direct funksiyasidan foydalanib Android qurilmalariga ulash

Wi-Fi Direct funksiyasidan foydalanib Android qurilmalariga ulash

Bu usul sizga printerni simsiz routersiz Android qurilmalariga ulash imkonini beradi. Bu funksiyadan foyfalanish quyidagi shartlarni talab qiladi.

  • Android 4.4 yoki keyingi versiyalari

  • Epson iPrint 7.0 yoki keyingi versiyalari

Smart qurilmadan chop qilish uchun Epson iPrint ilovasidan foydalaniladi. Smart qurilmaga avvaldan Epson iPrint ilovasini o‘rnating.

Eslatma:

Sizdan faqat printer va ulamoqchi bo‘lgan smart qurilma uchun bu sozlamalarni bir marta sozlash talab qilinadi. Wi-Fi Direct funksiyasini o‘chirib qo‘ymas yoki tarmoq sozlamalarini sukut bo‘yicha qiymatlariga qayta tiklamas ekansiz, bu sozlamalarni qaytadan sozlashingiz shart emas.

  1. tugmalaridan foydalanib bosh ekranda Smartfonni ulash bo‘limini tanlang va keyin OK tugmasini bosing.

  2. Davom ettirish uchun xabarni tekshiring va so‘ngra OK tugmasini bosing.

  3. tugmalaridan foydalanib Android-ni tanlang va keyin OK tugmasini bosing.

  4. iPhone, iPad yoki iPod touch qurilmasida Epson iPrint ilovasini ishga tushiring.

  5. Epson iPrint ekranida Printer is not selected.ga tegining.

  6. O‘zingiz ulamoqchi bo‘lgan printerni tanlang.

    Printerni tanlash uchun printer boshqaruv panelida ko‘rsatilgan ma‘lumotlarga qarang.

    Eslatma:

    Android qurilmasiga bog‘liq ravishda printerlar ko‘rsatilmasligi mumkin. Agar printerlar ko‘rsatilmasa, Boshqa OS qurilmalar ni tanlash orqali ulang. Ulash uchun quyidagi tegishli ma’lumotlarga qarang.

  7. Qurilmaning ulashni tasdiqlash ekrani ko‘rsatilganida Tasdiq-ni tanlang.

  8. Printer boshqaruv panelida OK tugmasini bosing.

Printerga avval ulangan smart qurilmalarni qaytadan ulash uchun smart qurilmaning Wi-Fi ekranida tarmoq nomini (SSID) tanlang.