Ulanishni tekshirish (USB)

  • USB kabelini printer va kompyuterga mahkam ulang.

  • Agar USB xubidan foydalanayotgan bo‘lsangiz, printerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuterga ulashga urinib ko‘ring.

  • Agar printer USB kabelni ko‘rmayotgan bo‘lsa, portni yoki USB kabelni almashtiring.

  • Agar printer USB ulanishdan foydalangan holda chop qila olmasa, quyidagiga urinib ko‘ring.

    USB kabelini kompyuterdan uzing. Kompyuterda namoyish qilingan printer ikonkasiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va keyin Qurilmani olib tashlash-ni tanlang. Keyin USB kabelini kompyuterga ulang va sinov sahifasini chop qilishga urinib ko‘ring.

    Kompyuterdagi ulanish uslubini o‘zgartirish uchun mazkur qo‘llanmada quyidagi bosqichlarni o‘tagan holda, USB ulanishni qaytadan o‘rnating. Batafsil ma’lumot uchun quyidagi tegishli ma’lumotni ko‘ring.