/ Chop qilish / Kompyuterdan chop qilish / 2 tomonlama chop qilish / 2 tomonlama chop qilish — Windows

2 tomonlama chop qilish — Windows

Eslatma:
  • Qo'lda 2 tomonlama chop qilish uchun EPSON Status Monitor 3 yoqilgan bo'lishi lozim. Agar EPSON Status Monitor 3 o'chirilgan bo'lsa, printer drayveriga kiring, Kengaytirilgan sozlamalar panelida Texnik xizmat-ni tanlang va keyin EPSON Status Monitor 3 ni yoqish-ni tanlang.

  • Printerga tarmoqdan kirilganda yoki printerdan baham ko'rilgan printer sifatida foydalanilganda qo'lda 2 tomonlama chop qilishdan foydalanib bo'lmasligi mumkin.

  1. Printerga qog'oz soling.

  2. O'zingiz chop qilmoqchi bo'lgan faylni oching.

  3. Printer drayveri oynasiga kiring.

  4. 2 tomonlama chop qilish-dan Asosiy ilovasida Avto (uzun tomonidan tikish), Avto (kalta tomonidan tikish), Qo‘lda (uzun tomonidan tikish) yoki Qo‘lda (kalta tomonidan tikish) tanlang.

  5. Sozlamalar-ni cherting, mos parametrlarni o'rnating va keyin OK-ni cherting.

    Eslatma:

    Taxlanadigan buklet sifatida chop qilish uchun Broshyurani tanlang.

  6. Bosma zichligi ustiga bosing, Hujjat turini tanlash orqali hujjat turini tanlang, keyin OK tugmasini bosing.

    Printer drayveri o'sha hujjat turiga qarab Sozlash parametrlarini avtomatik ravishda o'rnatadi.

    Eslatma:
    • Bosma zichligini sozlash oynasidagi Hujjat turini tanlash va Asosiy ichki oynasidagi Sifat uchun tanlangan parametrlarga qarab chop qilish tezligi pastroq bo'lishi mumkin.

    • Bosma zichligini sozlash paramateri qo'lda 2 tomonlama chop qilish bilan ishlamaydi.

  7. Zarur hollarda Asosiy va Ko‘proq tanlamalar panellaridagi boshqa parametrlarni o'rnating va keyin OK-ni cherting.

  8. Chop qilish-ni cherting.

    Qo'lda 2 tomonlama chop qilishda birinchi tomonni chop qilish yakunlanganda kompyuterda suzuvchi oyna namoyish qilinadi. Ekrandagi ko'rsatmalarga amal qiling.