Bosma sifati past

Chop qilingan materiallardagi chaplangan tasvirlar, polosalar, yo'qolgan ranglar, o'chgan ranglar va mozaikaga o'xshash namunalar tufayli chop qilish sifati past bo'lsa, quyidagilarni tekshiring.

Printerni tekshirish
  • Agar chop qilish uchligining birortasi tiqilib qolgan bo'lsa, uchlikni tekshiring, so'ngra keyin chop qilish kallagini tozalang.

  • Chop qilish golovkasini tekislang.

Qog‘ozni tekshirish
  • Ushbu printer tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan qog'ozdan foydalaning.

  • Nam, zararlangan yoki juda eski qog'ozga chop qilmang.

  • Agar qog'oz egilgan yoki konvert shishgan bo'lsa, uni tekislang.

  • Chop qilgandan keyin qog'ozni darhol taxlab olmang.

  • Ularni tikishdan yoki namoyish qilishdan avval chop qilingan narsalarni to'liq quriting. Chop qilishni quritishda to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlari ta'siriga qo'ymang, quritgichdan foyadlanmang va qog'ozning chop qilingan tomoniga tegmang.

  • Tasvirlar yoki fotosuratlarni chop qilganda Epson oddiy qog'ozdan ko'ra asl Epson qog'ozidan foydalanishni tavsiya qiladi. Asl Epson qog'ozning chop qilishga mo'ljallangan tomoniga chop qiling.

Chop etish sozlamalarini tekshirish
  • Printerga solingan qog'oz turi uchun mos qog'oz turi parametrini tanlang.

  • Yuqori sifatli bosma sozlamasi bilan chop qiladi.

Siyoh kartridjini tekshirish
  • Epson siyoh kartridjlaridan qadog'ida ko'rsaatilgan sanadan avval foydalanishni tavsiya qiladi.

  • Eng yaxshi natijaga erishish uchun siyoh kartridjidan qadog'ini ochgandan keyingi olti oy ichida foydalaning.

  • Asl Epson siyoh kartridjlaridan foydalanishga harakat qiling. Bu mahsulot asl Epson siyoh kartridjlaridan foydalanishga asoslangan holda ranglarni sozlashga mo'ljallangan. Asl bo'lmagan siyoh kartridjlaridan foydalanish chop qilish sifatining pasayishiga olib kelishi mumkin.