Tarmoq skanerini qo‘shish

Epson Scan 2-dan foydalanishdan avval tarmoq skanerini qo‘shishingiz kerak.

  1. Dasturiy ta’minotni ishga tushiring va keyin Skaner sozlamalari ekranida Qo'shish-ni cherting.

    Eslatma:
    • Agar Qo'shish kulrangda ko‘rsatilgan bo‘lsa, Tahrirlashni yoqish-ni cherting.

    • Agar Epson Scan 2 asosiy ekani namoyish qilingan bo‘lsa, u allaqachon skanerga ulangan bo‘ladi. Agar siz boshqa tarmoqqa ulamoqchi bo‘lsangiz, Skaner sozlamalari ekranini ochish uchun Skaner > Sozlamalar-ni tanlang.

  2. Tarmoq skanerini qo‘shing. Quyidagi elementlarni kiriting va keyin Qo'shish-ni cherting.

    • Modeli: O‘zingiz ulamoqchi bo‘lgan skanerni tanlang.
    • Nomi: 32 tagacha belgidan iborat bo‘lgan skaner nomini kiriting.
    • Tarmoqni qidirish: Kompyuter bilan skaner bitta tarmoqda bo‘lgan hollarda IP-manzil namoyish qilinadi. Agar u namoyish qilinmasa, tugmasini bosing. Agar IP-manzil baribir namoyish qilinmasa, Manzilni kiriting-ni cherting va IP-manzilni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiriting.
  3. Skaner sozlamalariekranida skanerni tanlang va keyin OK tugmasini cherting.