Chop qilish bo'yicha maslahatlar va ogohlantirishlar
Printerni o'rnatish bo'yicha maslahatlar va ogohlantirishlar
Printerdan foydalanish bo‘yicha maslahatlar va ogohlantirishlar
Printerni tashish yoki saqlash bo'yicha maslahatlar va ogohlantirishlar
Printerdan simsiz ulanish orqali foydalanish bo‘yicha maslahatlar va ogohlantirishlar
LCD ekrandan foydalanish bo'yicha maslahatlar va ogohlantirishlar
Windows-da printer drayveridan chop qilish
Sahifalarni to‘g‘ri tartibda chop qilish va taxlash (Teskari tartibda chop qilish)
Kichiklashtirilgan yoki kattalashtirilgan hujjatni chop qilish
Kattalashtirish uchun bitta tasvirni bir nechta varaqqa chop qilish (Poster yaratish)
Rangli universal chop qilish funksiyasidan foydalangan holda chop qilish
Siyoh kartrijlari va boshqa sarf materiallarini almashtirish
Printerga texnik xizmat ko'rsatish
Tarmoq xizmati va dasturiy ta'minot haqida ma'lumot
Hujjatlar va tasvirlarni skanerlash uchun ilova (Epson Scan 2)
Boshqaruv panelidan skanerlash ishlarini o‘zgartirish uchun ilova (Epson Event Manager)
Faks operatsiyalarini sozlash va fakslar yuborish uchun ilova (FAX Utility)
Kompyuterdan tez va qiziqarli chop qilish uchun ilova (Epson Photo+)
Smart qurilmadan printerni osongina boshqarish uchun ilova (Epson Smart Panel)
Dasturiy ta’minot va mikrodasturni yangilash uchun ilova (Epson Software Updater)
Tarmoqdagi qurilmani sozlash uchun dasturiy ta’minot (EpsonNet Config)
Chop qilishdagi chaplanish, vertikal chiziqlar yoki notengliklar
Hoshiyasiz chop qilish vaqtida tasvirlarning qirralari qirqib tashlanayapti
Chop qilingan materialning holati, o'lchamlari yoki hoshiyalari noto'g'ri
Ko'chirlgan tasvirda notekis ranglar, dog'lar, nuqtalar yoki to'g'ri chiziqlar paydo bo'layapti
Nusxa olingan tasvirda Muar (To'r) namunalari paydo bo'layapti
Asl nusxaning orqa tarafi tasviri nusxa ko'chirilgan tasvirda ko'rinayapti
Siyoh kartrijlarini almashtirishdan avval quyidagi ko‘rsatmalarni o‘qib chiqing.
Siyoh kartrijlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari ta’siridan saqlang.
Siyoh kartrijlarini yuqori yoki muzlatuvchi haroratlarda saqlamang.
Yaxshi natijalar uchun, Epson siyoh kartrijlarini upakovka ustida yozilgan yaroqlilik muddatigacha, yoki upakovka ochilgandan olti oy ichida, qay biri vaqtliroq bo‘lsa, foydalanishni tavsiya qiladi.
Eng yaxshi natijaga erishish uchun siyoh kartridji qadoqlarini tag qismini pastga qilgan holda saqlang.
Siyoh kartridjini sovuq saqlash joyidan ichkariga keltirgandan keyin undan foydalanishdan avval uni xona haroratigacha isitish uchun kamida uch soat kuting.
Uni printerga o'rnatishga tayyor bo'lmaguningizcha siyoh kartridji qadog'ini ochmang. Uning ishonchliligini ta'minlash uchun kartridj vakuumli ravishda qadoqlangan. Agar undan foydalanishdan avval kartridjni qadoqlanmagan holda uzoq vaqt qodlrisangiz, chop qilish me'yorida bo'lmasligi mumkin.
Uni qadoqdan olish vaqtida siyoh kartridjining yon tomonidagi ilmoqlarni sindirib qo'ymaslik uchun ehtiyot bo'ling.
Qadoqni ochgandan keyin kartridjlarni silkitmang, chunki siyoh oqib ketishi mumkin.
Uni o'rnatishdan avval kartridjdagi sariq tasmani olib qo'yishingiz kerak; aks holda chop qilish sifati pasayishi yoki chop qila olmasligingiz mumkin. Kartridjdagi yorliqni olib tashlamang yoki yirtmang; bu siyohning oqib ketishiga olib keladi.

Kartridjning tag qismidagi shaffof plombani olib tashlamang; aks holda kartridj foydalanib bo'lmaydigan bo'lib qolishi mumkin.

Rasmda ko'rsatilgan bo'limlarga tegmang. Bunday qilish me'yorida ishlash va chop qilishga zarar yetkazishi mumkin.

Barcha siyoh kartridjlarini o'rnating; aks holda chop qilib bo'lmaydi.
Siyoh kartridjlarini quvvat o'chirilgan holda almashtirmang. Chop qilish golovkasini qo'lingiz bilan harakatlantrimang; aks holda printernga zarar yetkazishingiz mumkin.
Siyoh bilan to'ldirilayotgan vaqtda printerni o'chirmang. Agar siyoh bilan to'ldirish tugallanmagan bo'lsa, chop qila olmasligingiz mumkin.
Printerni siyoh kartrijlari olingan holda qoldirmang yoki kartrijni almashtirish vaqtida printerni o'chirmang. Aks holda chop qilish kallagi uchliklarida qolgan siyoh quriydi va chop qila olmay qolishingiz mumkin.
Agar siyoh kartridjini vaqtinchalik olib qo'yishingiz kerak bo'lsa, siyoh ta'minoti sohasini kir va changlardan himoyalab qo'ying. Siyoh kartridjini siyih ta'minoti portini pastga yoki yon tomonlarga qilgan holda printer bilan bir xil sharoitlarda saqlang. Siyoh kartridjlarini siyoh ta'minoti portini yuqoriga qaratgan holda saqlamang. Siyoh ta'minoti porti ortiqcha siyohni qo'yib yuborish uchun mo'ljallangan klapan bilan jihozlanganligi uchun o'z qopqoqlari yoki probkalari bilan shart emas.
Olib qo'yilgan kartridjlarning siyoh ta'minoti porti atroflarida siyoh bo'lishi mumkin, shuning uchun kartridjlarni olganda atrofdagi huquqlarga siyoh tegmasligi uchun ehtiyot bo'ling.
Bu printer har bir kartridjdagi qolgan siyoh miqdori kabi ma'lumotlarni nazorat qilib boruvchi yashil chip qilan jihozangan kartridjdan foydalanadi. Bu kartridjdan to'liq foydalanib bo'lishidan avval printerdan olingan bo'lsa ham uni printerga qayta o'rnatgandan keyin kartridjdan foydalanish mumkin ekanligini anglatadi. Biroq kartridjni qaytadan o'rnatishda printer ishini kafolatlash uchun ma'lum miqdordagi siyoh iste'mol qilinishi mumkin.
Siyohdan maksimal darajada samarali foydalanish uchun siyoh kartridjini faqat uni almashtirishga tayyor bo'lganingizdagina oling. Ichida siyohi juda kam bo'lgan kartridjlarni qaytadan o'rnatganda foydalanib bo'lmasligi mumkin.
Chop qilishning oliy sifatini ta'minlash va chop qilish golovkasini himoya qilishda yordam berish uchun printer kartridjni to'ldirish kerakliguni ko'rsatganda o'zgaruvchan siyoh zahirasi kartridj ichida qoladi. Sizga keltirilgan ma'lumotlar bu zahirani o'z ichiga olmaydi.
Siyoh kartridjlarini qismlarga ajratmang yoki moslashtirmang, aks holda chop qilish me'yorida bo'lmasligi mumkin.
Printer bilan birga berilgan kartridjlardan almashtirish uchun foydalana olmaysiz.
Chop qilish kallagining optimal darajada ishlashini ta’minlash uchun barcha kartrijlardagi siyohlar texnik xizmat ko‘rsatishda ishlatiladi. Siyoh kartrijni almashtirganingizda yoki printerni yoqqaningizda ham sarhlanishi mumkin.
Monoxrom yoki kulrang rejimda chop qilganda qog'oz turi yoki chop qilish sifati parametrlariga bog'liq ravishda qora siyoh o'rniga rangli siyohlardan foydalanish mumkin. Bu qora rangni olish uchun rangli siyohlar aralashmasidan foydalanilishi tufaylidir.
Printer bilan birga berilgan siyoh kartridjlaridagi siyohdan dastlabki o'rnatish vaqtida qisman foydalaniladi. Yuqori sifatli chop qilishlarni ta'minlash maqsadida printerning chop qilish golovkasi siyoh bilan to'liq to'ldirib olinadi. Bu bir martalik jarayon ma'lum miqdordagi siyoh iste'mol qiladi va shuning uchun bu siyoh kartridjlari keyingi siyoh kartridjlariga qaraganda kamroq sahifaga yetishi mumkin.
Ko'rsatilgan chop qilinadigan sahifalar soni chop qilinayotgan tasvirlar, chop qilishda foydalanilayotgan qog'oz turi, chop qilishdan qanchalik ko'p foydalanilishi va harorat kabi atrof-muhit sharoitlariga bog'liq ravishda o'zgarishi mumkin.