Qabul sozlamalari menyusi

Bu menyuni quyidagi printer boshqaruv panelidan topishingiz mumkin:

Sozlamalar > Faks sozlamalari > Qabul sozlamalari

Element

Bayoni

Kompyuterga saqlash

Olingan fakslarni printerga ulangan kompyuterga PDF fayllari sifatida saqlaydi. Siz buni FAX Utility ilovasidan foydalanib Ha ga o‘rnatishingiz mumkin. Kompyuterda FAX Utilityni oldindan o‘rnating. Buni Ha ga o‘rnatgandan keyin buni Ha, chop etilsin ga o‘rnatishingiz mumkin.

Avto kamaytirish

Katta o‘lchamli hujjatlar bilan olingan fakslarni qog‘oz manbasidagi qog‘ozga mos bo‘lishi uchun kamaytirilgan holda chop qiladi. Olingan ma’lumotlarga bog‘liq ravishda har doim ham kcihiklashtirib bo‘lmasligi mumkin. Agar bu o‘chirib qo‘yilsa, katta hujjatlar bir necha sahifaga asl o‘lchamida chop qilinadi yoki ikkinchi bo‘sh sahida chiqarib yuborilishi mumkin.

Sahifalash soz-ri

Qabul qilingan hujjatning o‘lchami printerga solingan qog‘ozning o‘lchamidan kattaroq bo‘lgan hollarda olingan fakslarni sahifalarga bo‘lgan holda chop qiladi.

Avtomatik aylantirish

Ular A5 o‘lchamidagi qog‘ozga chop qilinishi uchun olingan fakslarni peyzaj oriyentatsiyasidagi A5 o‘lchamli hujjatlar kabi aylantiradi. Bu sozlama A5 o’lchamli qog’oz quyidagicha sozlanganda amal qiladi: Sozlamalar > Printerni sozlash > Manba sozlamalari > Qog‘oz > Qog'oz o'lchami.

O'chiq tanlanganida A5 o‘lchamli peyzaj oriyentatsiyasidagi, A4 portret hujjatlari bilan bir xil kenglikka ega bo‘lgan olingan fakslar A4 o‘lchamidagi fakslar sifatida hisoblanadi va chop qilinadi.

Qabul qilish axborotini qo‘shish

Yuboruvchi sarlavha qo‘shmasa ham, qabul qilingan faksda qabul qilish ma’lumotini chop etadi. Qabul qilish ma’lumoti faks olingan sana va vaqt, yuboruvchi ID’si, sahifa raqamini (“P1” kabi) o‘z ichiga oladi. Sahifalash soz-ri yoqilgan bo‘lsa, bo‘laklangan sahifa raqami ham qo‘shiladi.

2 tomonlama

Olingan hujjatlarning sahifalarini qog‘ozning har ikkala tomoniga chop etadi.

Bosma bosh. vaqti

Olinadigan fakslarni chop etishni boshlash sozlamalarini tanlang.

  • Sahifalar olinganda: barcha sahifalar olinganidan keyin chop qilish boshlanadi. Chop qilishni birinchi sahifadan yoki oxirgi sahifadan boshlash To'g'ri taxlash xususiyatining o‘rnatilishiga bog‘liq bo‘ladi. To'g'ri taxlash uchun tushintirishga qarang.

  • Birinchi sahifa olinganda: birinchi sahifa olinganidayoq chop etishni boshlaydi, keyin sahifalarni olinishi tartibida chop etadi. Boshqa vazifa bajarilayotgani tufayli printer chop etishni boshlay olmasa, bo‘shaganidan so‘ng sahifalar yoppasiga chop etila boshlaydi.

To'g'ri taxlash

Birinchi sahifa oxirida chop qilinganligi uchun (chiqarish tepasiga) chop qilingan hujjatlar to‘g‘ri sahifa tartibida taxlanadi. Printer xotirasida joy kam bo‘lgan holda ishlayotganda bu funsksiyadan foydalanib bo‘lmasligi mumkin.

Bosma tug-sh vaqti

Siz o‘zingiz ko‘rsatgan To‘xtash vaqti dan o‘zingiz ko‘rsatgan Qayta bo-sh gacha bo‘lgan vaqt davomida printer olingan hujjatlarni chop qilmasdan, printer xotirasiga saqlaydi. Bu funksiyadan tunda shovqinning oldini olish yoki siz uzoqda bo‘lgan vaqtda sir tutilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarning oshkor qilinishining oldini olish uchun foydalaniladi. Bu xususiyatni ishlatishdan oldin xotirada joy yetarli ekaniga ishonch hosil qiling. Siz buni O'chiq ga o‘rnatganingizda olingan hujjatlarni hattoki qayta boshlash vaqtidan oldin ham chop qilishingiz mumkin.

Sokin rejim

Fakslarni chop etishda printer shovqinini kamaytiradi, ammo chop etish sekinlashishi mumkin.