Texnik xizmat Paneli

Uchlikni tekshirish

Chop qilish golovkasi soplolarining tiqilib qolmaganligini tekshirish uchun soploni tekshirish namunasini chop qiladi.

Kallakni tozalash

Chop qilish golovkasidagi tiqilib qolgan soplolarni tozalaydi. Bu xususiyat ma'lum miqdorda siyohdan foydalanishi tufayli faqatgina soplolar tiqilib qolgan bo'lsagina chop qilish golovkasini tozalang.

Job Arranger Lite

Job Arranger Lite oynasi ochiladi. Ma'lumotlarni saqlashingiz va tahrirlashingiz mumkin.

EPSON Status Monitor 3

EPSON Status Monitor 3 oynasi ochiladi. Bu yerda printer yoki ishlatiluvchi materiallarning holatini tasdiqlashingiz mumkin.

Kuzatuv sozlamalari

EPSON Status Monitor 3 oynasidahi elementlar uchun sozlamalarni o'rnatishga imkon beradi.

Kengaytirilgan sozlamalar

Turli sozlamalarni o'rnatishga imkon beradi. Ko'proq ma'lumotlar olgani Yordam-ni ko'rish uchun har bir elementga o'ng tugmani bosing.

Bosma navbati

Chop qilinishini kutayotgan ishlarni namoyish qiladi. Chop qilish ishlarini tekshirishingiz, to'xtatishingiz yoki qayta boshlashingiz mumkin.

Til

Printer drayveri oynasida foydalaniladigan tilni o'zgartiradi. Sozlamalarni qo'llash uchun printer drayverini yoping va uni yana qayta oching.

Dasturiy ta’minot yangilanishi

Internetda ilovalarning eng yangi versiyalarini tekshirish uchun EPSON Software Updater ishga tushadi.

Onlayn buyurtma

Epson siyoh kartrijlarini xarid qilishingiz mumkin bo'lgan saytga kirishga imkon beradi.

Texnik yordam

Epson texnik ko'mak veb-saytiga kirishga imkon beradi.