/ Printerni tayyorlash / Qog‘ozlarni yuklash / Foydalanish mumkin bo‘lgan qog‘oz va sig‘imlar / Qog‘oz bilan muomala qilishdagi ehtiyot choralari

Qog‘oz bilan muomala qilishdagi ehtiyot choralari

  • Qog‘oz bilan berilgan ko‘rsatmalar varaqlarini o‘qib chiqing.

  • Asl Epson qog‘ozi bilan yuqori sifatli bosmaga erishish uchun qog‘ozni tegishli yo‘riqnomalarda ko‘rsatilgan muhitda ishlating.

  • Solishdan avval qog‘oz qirralarini yelpig‘ich qiling va tekislang. Fotoqog‘ozlarni yelpig‘ich qilmang yoki egmang. Bunday qilish chop qiladigan tomonni shikastlashi mumkin.

  • Agar qog‘oz egilgan bo‘lsa, solishdan avval uni tekislang yoki teskari yo‘nalishda eging. Egilgan qog‘ozga chop qilish qo‘gozning tiqilib qolishi yoki chop qilingan narsalarning chaplanib ketishiga olib kelishi mumkin.

  • To‘lqinsimon, yirtilgan, qirqilgan, buklangan, xaddan tashqari qalin, xaddan tashqari yupqa yoki stikerlar yopishtirilgan qog‘ozdan foydalanmang. Bunday turdagi qog‘ozlardan foydalanish qo‘gozning tiqilib qolishi yoki chop qilingan narsalarning chaplanib ketishiga olib kelishi mumkin.

  • Uzun tolali qog‘oz ishlating. Qaysi turdagi qog‘oz ishlatayotganingizni aniq bilmasangiz, qog‘oz o‘ramiga qarang yoki ishlab chiqaruvchi bilan bog‘lanib, qog‘oz xarakteristikalarini tasdiqlang.