Asosiy Paneli

Chop qilish andozalari

Tayyorlarni qo‘shish/olib tashlash

O‘zingizning tez-tez foydalaniluvchi chop qilish sozlamalari uchun avvaldan o‘rnatgan qiymatlaringizni qo‘shishingiz yoki olib tashlashingiz mumkin. Ro‘yxatdan o‘zingiz foydalanmoqchi bo‘lgan avvaldan o‘rnatilgan sozlama qiymatini tanlang.

Sozlamalarni ko‘rsatish

Hozirda Asosiy va Ko‘proq tanlamalar panellarida o‘rnatilgan elementlar ro‘yxatini namoyish qiladi.

Standart holatga qaytarish

Barcha sozlamalarni ularning zavoddagi sukut bo‘yicha qiymatlariga qaytaradi. Ko‘proq tanlamalar panelidagi sozlamalar ham o‘zlarining sukut bo‘yicha qiymatlariga qayta o‘rnatiladi.

Siyoh darajasi

Siyohning taxminiy darajasini ko‘rsatadi.

Qog‘oz manbasi

Qog‘oz uzatib beriladigan qog‘oz manbasini tanlang. Printerning boshqaruv panelidagi chop qilish sozlamalarida tanlangan qog‘oz manbasini avtomatik tazdda tanlash uchun Avto tanlash bandini tanlang.

Agar printerda bittagina qog‘oz manbasi bor bo‘lsa, bu band ko‘rsatilmaydi.

Hujjat o‘lchami

O‘zingiz chop qilmoqchi bo‘lgan qog‘oz o‘lchamini tanlang. Agar siz Foydalanuvchi tayinlagan bandini tanlasangiz, qog‘oz eni va bo‘yini kiriting.

Chekkasiz

Chop qilinadigan ma’lumotlar qog‘oz o‘lchamiga qaraganda bir oz kattalashtiriladi, shuning uchun qog‘oz qirralari bo‘ylab hoshiyalar chop qilinmaydi. Kattalashtirish sonini tanlash uchun Sozlamalar-ni cherting.

Joylashuv

Chop etishingizda foydalaniladigan yo‘nalishni tanlang.

Qog‘oz turi

Chop etishingizda foydalanadigan qog‘oz turini tanlang.

Sifat

Chop etishda foydalaniladigan chop etish sifatini tanlang. Siz tanlagan qog‘oz turiga mos tarzda sozlamalar mavjud. Ko‘proq sozlamalarni kiritish uchun Ko‘proq sozlamalar tugmasini bosing.

Rangli

Chop qilish uchun rangni tanlang.

2 tomonlama chop qilish

2 tomonlama chop qilish imkoniyatini beradi.

Settings

Bunda siz tikiladigan tomon va bukish chegarasini ko‘rsatishingiz mumkin. Ko‘p sahifali hujjatlarni chop qiliayotganingizda, sahifaning old yoki orqa tomonidan chop qilishni boshlashni tanlashingiz mumkin.

Bosma zichligi

Chop qilish zichligini sozlash uchun hujjat turini tanlang. Agar mos chop qilish zichligi tanlangan bo‘lsa, qog‘ozning orqa tomoni orqali tasvirlar rangini aralashib ketishining oldini olish mumkin. Chop qilish zichligini qo’lda sozlash uchun User Defined bandini tanlang.

Ko‘p sahifali

Bu sizga bitta varaqda bir necha sahifalar chop qilish yoki poster chop qilish imkonini beradi. Sahifalar chop qilinishi tartibini ko’rsatish uchun Sahifa tartibi ustiga bosing.

Copies

Chop qilmoqchi bo’lgan nusxalar sonini qo‘ying.

Birlashtir

Tartib bo’yicha qo’yilgan yoki to’plamlarga ajratilgan ko’p sahifali hujjatlarni chop qiladi.

Teskari tartiblash

Chop qilib bo’lingandan so’ng sahifalar to’g’ri tartibda bo’lishi uchun, bu sizga oxirgi sahifadan boshlab chop qilish imkonini beradi.

Sokin rejim

Printerdan chiqadigan shovqinni pasaytiradi. Biroq buni yoqish chop qilish tezligini pasaytirishi mumkin.

Oldindan ko‘rish

Chop qilishdan oldin hujjatingiz tasvirini ko’rsatadi.

Job Arranger Lite

Job Arranger Lite funksiyasidan foydalangan holda chop qilishni tanlang.