/ Nusxa ko'chirish / Nusxalash uchun ilg‘or menyu parametrlari

Nusxalash uchun ilg‘or menyu parametrlari

Eslatma:

O'zingiz qilgan sozlamalarga bog'liq ravishda bu elementlar mavjud bo'lmasligi mumkin.

Qog‘oz:

Qog‘oz o‘lchami va qog‘oz turini tanlang.

Miqyos:

Kattartirish yoki kichraytirish nisbatini sozlaydi.Asl hujjatni alohida foizga kichraytirmoqchi yoki kattalashtirmoqchi bo‘lsangiz, qiymatni tanlang va so‘ngra 25 dan 400% gacha bo‘lgan oraliqdagi foiz ko‘rsatkichini kiriting.

  • Haqiqiy o‘lchami

    100% kattalashtirish bilan nusxa ko‘chiradi.

  • A4→A5 va boshqalar

    Muayyan qog‘oz o‘lchamiga mos bo‘lishi uchun avtomatik ravishda kattalashtiradi yoki kichiklashtiradi.

  • Avto-moslash

    Skanerlash sohasini aniqlaydi va o‘zingiz tanlagan qog‘oz o‘lchamiga sig‘ishi uchun avtomatik ravishda kattalashtiradi yoki kichiklashtiradi.Asl nusxa atrofida oq hoshiyalar bo'lgan hollarda skaner shishasining burchak belgisidan boshlab oq hoshiyalar skanerlash sohasi sifatida aniqlanadi, biroq qarshi tomondagi hoshiyalar qirqilib ketishi mumkin.

Hujjat o‘lchami:

Originalning o‘lchamini tanlang.Nostandart o‘lchamdagi asl hujjatlardan nusxa olishda asl hujjatga eng yaqin bo‘lgan o‘lchamni tanlang.

Ko‘p:
  • Bitta

    Bir tomonli originalni bitta betga nusxalaydi.

  • 2 ta

    2 ta bir tomonli originalni bitta betga joylashtirib nusxa ko‘chiradi.Asl hujjatning sxemasi tartibi va yo‘nalishini tanlang.

Sifat:

Chop qilish sifatini tanlang.Eng zo'r: yuqoriroq sifatli chop qilish bilan ta'minlaydi, biroq chop qilish tezligi sekinroq bo'lishi mumkin.

Hujjat joylashuvi:

Asl nusxaning yo'nalganligini tanlang.

Soyani olib tashlash:

Qalin qog‘ozni nusxalashda nusxalar atrofidagi soyani yoki broshyurani nusxalashda o‘rtasidagi soyani olib tashlaydi.

Teshiklarni olib tashlash:

Nusxalashda qistirish teshiklarini olib tashlaydi.

ID karta nusxa:

ID kartaning har ikkala tarafini skanerlaydi va A4 o'lchamdagi qog'ozning bir tomoniga nusxa ko'chiradi.

Hoshiyasiz nusxa:

Qirralar atrofidagi hoshiyalarsiz nusxa ko'chiradi.Qog'oz qirralaridagi hoshiyalarni olib tashlash uchun tasvir bir oz kattalashtiriladi.Kengaytiruv sozlamasida qanchaga kattalashtirishni tanlang.

Barcha soz-ni tozalash:

Nusxalash sozlamalarini standart holatiga qaytaradi.