/ Fakslar yuborish / Kompyuterda fakslarni olish

Kompyuterda fakslarni olish

Siz printerga ulangan kompyuterda fakslarni olishingiz va ularni PDF fayl sifatida saqlashingiz mumkin. FAX Utility-da fakslarni saqlash uchun papkani ko‘rsatish xususiyatiga egadir. Bu xususiyatdan foydalanishdan avval FAX Utility-ni o‘rnating.

Eslatma:
Muhim:
  • Fakslarni kompyuterda olish uchun printer boshqaruv panelidagi Qabul qilish rejimi Avtomatik-ga o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

  • Fakslarni olishga o‘rnatilgan kompyuter doimo yoniq bo‘lishi kerak. Olingan hujjatlar kompyuterga saqlanishidan oldin printerning xotirasida vaqtinchalik saqlanadi. Agar kompyuterni o‘chirib qo‘ysangiz, printer xotirasi to‘lib qolishi mumkin, chunki u hujjarlarni kompyuterga yubora olmaydi.

  • Printerning xotirasida vaqtinchalik saqlanib turgan hujjatlar soni bosh ekrandagi -da namoyish qilinadi.

  • Olingan fakslarni o‘qish uchun Adobe Reader kabi PDF fayllarini ko‘rish ilovasini kompyuterga o‘rnatishingiz kerak.