/ Skanerlash / Boshqaruv panelidan foydalanib skanerlash / Bulutga skanerlash / Bulutga skanerlash uchun ilg‘or menyu parametrlari

Bulutga skanerlash uchun ilg‘or menyu parametrlari

Eslatma:

O‘zingiz qilgan sozlamalarga bog‘liq ravishda bu elementlar mavjud bo‘lmasligi mumkin.

Skanerlash maydoni:
  • Skanerlash o‘lchami:

    Skanerlash o‘lchamini tanlang. Skanerlagan vaqtda matn yoki tasvir atrofidagi oq sohani qirqib olish uchun Avtomatik qirqish-ni tanlang. skaner oynasining maksimal sohasida skanerlash uchun Maksimal hududni tanlang.

  • Hujjat joylashuvi:

    Originalning yo‘nalishini tanlang.

Hujjat turi:

Originalning turini tanlang.

Zichlik:

Skanerlangan tasvir kontrastini tanlang.

Soyani olib tashlash:

Skanerlangan tasvirga tushib qolgan originalning soyasini olib tashlash.

  • Atrof:

    Original chekkalaridagi soyani olib tashlash.

  • O‘rta:

    Broshyuraning qistirish chekkalaridagi soyalarni olib tashlash.

Teshiklarni olib tashlash:

Skanerlangan tasvirdagi teshiklarni olib tashlash. O‘ngdagi katakka qiymat kiritish orqali teshiklarni olib tashlash hududini ko‘rsatish mumkin.

  • O‘chirish joyi:

    Teshiklarni olib tashlash o‘rnini tanlang.

  • Hujjat joylashuvi:

    Originalning yo‘nalishini tanlang.

Barcha soz-ni tozalash

Skanerlash sozlamalarini asl holiga qaytaradi.