/ Muammolarni hal qilish / Tarmoq sozlamalarini qila olmaganingizda / Tarmoq parametrlarida hech qanday muammo bo‘lmasa ham qurilmalardan ulanib bo‘lmayapti

Tarmoq parametrlarida hech qanday muammo bo‘lmasa ham qurilmalardan ulanib bo‘lmayapti

Agar tarmoq ulanishi hisoboti hech qanday muammo yo‘qligini ko‘rsatsa ham kompyuterdan yoki smart qurilmadan printerga ulana olmasangiz, quyidagilarni ko‘ring.

  • Bir necha kirish nuqtasidan bir vaqtda foydalanayotganingizda kirish nuqtasining parametrlariga bog‘liq ravishda kompyuterdan yoki smart qurilmasidan turib printerdan foydalana olmasligingiz mumkin.Kompyuter yoki smart qurilmani printer bilan bitta kirish nuqtasiqa ulang.

    Agar u yoqib qo‘yilsa, smart qurilmada modem funksiyasini o‘chirib qo‘ying.

  • Kirish nuqtasi bir necha SSID ga ega bo‘lganda va qurilmalar bitta kirish nuqtasidagi turli SSID larga ulanganda kirish nuqtasiga ulana olmasligingiz mumkin.Kompyuter yoki smart qurilmani printer bilan bitta SSID qa ulang.

  • IEEE802.11a va IEEE802.11g ning har ikkalasiga mos bo‘lgan kirish nuqtasi 2,4 GGts va 5 GGts li SSID larga ega bo‘ladi.Agar siz kompyuter yoki smart qurilmani 5 GGs li SSID ga ulasangiz, printerga ulay olmaysiz, chunki printer faqat 2,4 GGs orqali aloqani qo‘llab-quvvatlaydi.Kompyuter yoki smart qurilmani printer bilan bitta SSID qa ulang.

  • Ko‘pgina kirish nuqtalari ulangan qurilmalar orasida aloqa qilishni to‘sib qo‘yuvchi maxfiylikni ajratuvchi xususiyatga egadir.Agar printer bilan kompyuter yoki smart qurilma o‘rtasida bitta tarmoqqa ulangandan so‘ng ham aloqa bo‘lmasa, kirish nuqtasida maxfiylik ajratuvchisini o‘chirib qo‘ying.Batafsil ma’lumotlar olish uchun kirish nuqtasi bilan birga berilgan qo‘llanmaga qarang.