Asosiy sozlamalar

Quyida bayon qilingani kabi boshqaruv panelidagi menyularni tanlang.

Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Faks sozlamalari > Asosiy sozlamalar

Faks tezligi:

Faksni o'tkazish tezligini tanlang.Aloqa xatoliklari tez-tez yuz berib turganda, xorijga faks yuborganda/xorijdan faks olganda yoki IP (VoIP) telefon xizmatidan foydalanganda Sekin(9,600bps)-ni tanlashni tavsiya qilamiz.

ECM:

Asosan telefon liniyasi halaqitlari tomonidan hosil qilingan faksni o'tkazishdagi xatoliklarni avtomatik ravishda tuzatadi (Xatoliklarni tuzatish rejimi).Agar bu funksiya o'chirib qo'yilsa, rangli hujjatlarni yuborib yoki qabul qilib bo'lmaydi.

Gudokni aniqlash:

Terishni boshlashdan avval raqam terish tovushini aniqlaydi.Agar printer PBX (Private Branch Exchange — Shaxsiy foydalanish uchun telefon tizimi) yoki raqamli telefon liniyasiga ulangan bo'lsa, printer raqam terishni boshlay olmasligi mumkin.Bunday holatlarda Liniya turi parametrini PBX parametriga o'zgartiring.Agar bu yordam bermasa, bu funksiyani o'chirib qo'ying.Biroq bu xusisiyatning o'chirib qo'yilishi faks raqamining birinchi belgisining tushirib qoldirilishiga va noto'g'ri raqamga faks yuborilishiga olib kelishi mumkin.

Liniya turi:

O'zingiz printerni ulagan liniya turini tanlang.Printer qo‘shimcha raqamlar ishlatiladigan va shaharga chiqish kodi (0 yoki 9 singari) so‘raladigan muhitda ishlatilsa, PBXni tanlab, chiqish kodini qayd qildiring.Chiqish kodini qayd qildirgach, tashqi raqamga faks yuborayotganda kod o‘rniga # (panjara) belgisini bosing.DSL modem yoki terminal adapteri ishlatiladigan muhitda ham PBXni belgilash tavsiya etiladi.

Qalpoq:

Yuboruvchi nomi va faks raqamini kiriting.Bu chiquvchi fakslarda sarlavha sifatida paydo bo'ladi.O'z nomingiz uchun 40 tagacha bo'lgan belgini va faks raqamingiz uchun 20 tagacha raqamni kiritishingiz mumkin.

Qabul qilish rejimi:

Qabul qilish rejimini tanlang.

DRD:

Agar telefon kompaniyasining maxsus jiringlash xizmatiga obuna bo‘lgan bo‘lsangiz, kiruvchi fakslarda foydalanish uchun jiringlash namunasini tanlang.Ko‘pgina telefon kompaniyalari tomonidan taklif qilinadigan maxsus qo‘ng‘iroq xizmati (kompaniyaga qarab xizmat nomi o‘zgaradi) telefon liniyasida bir nechta telefon raqamlariga ega bo‘lishga imkon beradi.Har bir raqamga alohida jiringlash namunasi tayinlanadi.Siz ovozli qo'ng'iroqlar uchun bitta raqamdan va faks qo'ng'iroqlari uchun boshqa raqamdan foydalanishingiz mumkin.Mamlakatga bog‘liq ravishda bu parametr Yoq yoki O‘ch bo‘lishi mumkin.

Javob berishga jiringlashlar soni:

Printer faksni avtomatik ravishda qabul qilishidan avval sodir bo'lishi kerak bo'lgan jiringlashlar sonini tanlang.

Masofaviy qabul:

Kiruvchi faks qo'ng'iroqlariga printerga ulangan telefonda javob berganingizda telefondan foydalanib kodni kiritish orqali faksni qabul qilishni boshlashingiz mumkin.

Faksni rad etish:

Keraksiz fakslarni rad etish parametrlarini tanlang.