Chop etish sozlamalari

Quyida bayon qilingani kabi boshqaruv panelidagi menyularni tanlang.

Avtomatik qisqartirish:

Katta o'lchamda olingan hujjatlarni qog'oz manbasidagi qog'ozga mos kelishi uchun kichiklashtiradi. Olingan ma'lumotlarga bog'liq ravishda har doim ham kcihiklashtirib bo'lmasligi mumkin. Agar bu o'chirib qo'yilsa, katta hujjatlar bir necha sahifaga asl o'lchamida chop qilinadi yoki ikkinchi bo'sh sahida chiqarib yuborilishi mumkin.

Sahifani bo‘lish sozlamalari:

Qabul qilingan hujjatning o‘lchami printerga solingan qog‘ozning o‘lchamidan katta bo‘lgan holat uchun bo‘lak sahifa sozlamalarini qo‘ying.

Avtomatik aylantirish:

Ular to'g'ri qog'oz o'chamida chop qilinishi uchun olingan fakslarni peyzaj oriyentatsiyasidagi A5 o'lchamli hujjatlar kabi aylantiradi. Bu sozlama qog'oz o'lchami A5 ga o'rnatilganda qo'llaniladi. Quyidagi menyuni tekshiring.

Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Printer sozlamalari > Qog'oz manbasi sozlamalari > Qog‘oz

Qabul qilish axborotini qo‘shish:

Yuboruvchi sarlavha belgilamasa ham, qabul qilingan faks sarlavhasida qabul qilish axborotini chop etadi. Qabul qilish ma’lumoti faks olingan sana va vaqt, yuboruvchi ID’si, sahifa raqamini (“P1” kabi) o‘z ichiga oladi. Sahifani bo‘lish sozlamalari yoqilgan bo‘lsa, bo‘laklangan sahifa raqami ham qo‘shiladi.

2 tomonlama:

Olingan hujjatlarning sahifalarini qog‘ozning har ikkala tomoniga chop etish mumkin.

Chop etishni boshlash vaqti:

Olingan hujjatlarni chop etishni boshlash sozlamalarini tanlang.

Barcha sahifalar qabul qilindi: Barcha sahifalar olingach, birinchi sahifadan boshlab chop etiladi.

Birinchi sahifa qabul qilindi: Birinchi sahifa olinganidayoq chop etishni boshlaydi, keyin sahifalarni olinishi tartibida chop etadi. Boshqa vazifa bajarilayotgani tufayli printer chop etishni boshlay olmasa, bo‘shaganidan so‘ng sahifalar yoppasiga chop etila boshlaydi.

To'g'ri taxlash:

Chop qilingan hujjatlar to'g'ri sahifa raqamlari bo'yicha taxlanishi uchun olingan hujjatlarni so'nggi sahifasidan boshlab chop qiladi. Printer xotirasida joy kam bo'lgan holda ishlayotganda bu funsksiyadan foydalanib bo'lmasligi mumkin.

Chop etishni to'xtatish oralig'i:

Belgilangan vaqt oralig‘ida qabul qilingan hujjatlarni chop etmasdan, printer xotirasida saqlaydi. Chop etishni boshlash belgilangan vaqtda hujjatlar avtomatik ravishda chop etiladi. Bu funksiyadan tunda shovqinning oldini olish yoki siz uzoqda bo'lgan vaqtda sir tutilishi kerak bo'lgan ma'lumotlarning oshkor qilinishining oldini olish uchun foydalaniladi. Bu xususiyatni ishlatishdan oldin xotirada joy yetarli ekaniga ishonch hosil qiling.

Sokin rejim:

Fakslarni chop etishda printer shovqinini kamaytiradi, ammo chop etish sekinlashishi mumkin.