Windows-da printer drayveridan chop qilish
Sahifalarni to‘g‘ri tartibda chop qilish va taxlash (Teskari tartibda chop qilish)
Kichiklashtirilgan yoki kattalashtirilgan hujjatni chop qilish
Kattalashtirish uchun bitta tasvirni bir nechta varaqqa chop qilish (Poster yaratish)
Rangli universal chop qilish funksiyasidan foydalangan holda chop qilish
Siyoh kartrijlari va boshqa sarf materiallarini almashtirish
Printerga texnik xizmat ko'rsatish
Tarmoq xizmati va dasturiy ta'minot haqida ma'lumot
Hujjatlar va tasvirlarni skanerlash uchun ilova (Epson Scan 2)
Boshqaruv panelidan skanerlash ishlarini o‘zgartirish uchun ilova (Epson Event Manager)
Faks operatsiyalarini sozlash va fakslar yuborish uchun ilova (FAX Utility)
Kompyuterdan tez va qiziqarli chop qilish uchun ilova (Epson Photo+)
Smart qurilmadan printerni osongina boshqarish uchun ilova (Epson Smart Panel)
Rasmlarni skaner qilish va o‘tkazish uchun ilova (Easy Photo Scan)
Dasturiy ta’minot va mikrodasturni yangilash uchun ilova (Epson Software Updater)
Tarmoqdagi qurilmani sozlash uchun dasturiy ta’minot (EpsonNet Config)
Boshqaruv panelidan foydalanib printer mikrodasturini yangilash
Chop qilishdagi chaplanish, vertikal chiziqlar yoki notengliklar
Hoshiyasiz chop qilish vaqtida tasvirlarning qirralari qirqib tashlanayapti
Chop qilingan materialning holati, o'lchamlari yoki hoshiyalari noto'g'ri
Ko'chirlgan tasvirda notekis ranglar, dog'lar, nuqtalar yoki to'g'ri chiziqlar paydo bo'layapti
Nusxa olingan tasvirda Muar (To'r) namunalari paydo bo'layapti
Asl nusxaning orqa tarafi tasviri nusxa ko'chirilgan tasvirda ko'rinayapti
ADF’dan nusxalangan matn yoki rasm siqilgan yoki cho‘zilgan ko‘rinishda
Printer ventilyatsiya teshiklari va tirqishlarini to‘sib yoki yopib qo‘ymang.
Faqat printer yorlig‘ida ko‘rsatilgan quvvat manbasi turidan foydalaning.
Muntazam ravishda o‘chib-yonib turuvchi nusxa ko‘chirish apparatlari yoki havo konditsionerlari bilan bita rozetkadan foydalanmang.
Devordagi pereklyuchatellar yoki avtomatik taymerlar tomonidan boshqariluvchi elektr rozetkalaridan foydalanmang.
Butun kompyuter tizimini dinamiklar yoki simsiz telefonlarning asosiy qurilmalari kabi elektromagnit halaqit manbalaridan uzoqroq saqlang.
Elektr ta’minot shnurlari ishqalanishlar, qirqilishlar, yemirilish, qisilish va buralish xavfi bo‘lmagan tarzda joylashtirilishi kerak. Elektr ta’minot shnurlari ustiga buyumlar qo‘ymang va ularni bosish yoki ustidan yugirib o‘tishlariga yo‘l qo‘ymang. Barcha elektr ta’minot shnurlari uchlari hamda transformatorga kirish va chiqish nuqtalarining to‘g‘ri holda bo‘lishiga ayniqsa e‘tirbor bering.
Agar siz printer bilan uzaytirma kabeldan foydalansangiz, uzaytirma kabelga ulangan qurilmalar jami tok kuchining uzaytirma kabel mo‘ljallangan tok kuchidan ortiq emasligiga ishonch hosil qiling. Yana devordagi rozetkaga ulangan qurilmalar jami tok kuchining rozetka mo‘ljallangan tok kuchidan ortiq emasligiga ishonch hosil qiling.
Agar siz printerdan Germaniyada foydalanmoqchi bo‘lsangiz, printerni mos qisqa tutashuv himoyasi va ortiqcha kuchlanishdan himoyalash bilan ta’minlash uchun o‘rnatish joyi 10 amper yoki 16 amperli zanjir uzgich bilan himoyalangan bo‘lishi kerak.
Printerni kabel bilan kompyuterga yoki boshqa qurilmaga ulaganda ulovchi simlarning to‘g‘ri yo‘nalganligiga ishonch hosil qiling. Har bir ulovchi sim faqat bitta to‘g‘ri yo‘nalishga ega. Ulovchi simni noto‘g‘ri yo‘nalishda tiqish kabel orqali ulangan har ikkala qurilmani ham shikastlaydi.
Printerni barcha yo‘nalishlarda printer asosidan katta bo‘lgan tekis, barqaror yuzaga o‘rnating. Agar u burchak ostida qiyshaygan bo‘lsa, printer to‘g‘ri ishlamaydi.
Printerni saqlaganda yoki tashiganda uni qiyshaytirmang, vertikal holda joylashtirmang yoki to'ntarmang; aks holda siyoh oqib ketishi mumkin.
Printer ustidan hujjat qopqog‘ini to‘liq ko‘tarish mumkin bo‘ladigan darajada joy qoldiring.
Printerning old tomonidan qog‘ozni to‘liq chiqarib olishga yetarli darajada joy qoldiring.
Printerni harorati va namligi keskin o‘zgaruvchi joylarga joylashtirmang. Yana printerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushuvchi quyosh nurlari, kuchli yorg‘lik yoki issiqlik manbalari ta’sir qiladigan joylarga o‘rnatmang.
Printerdagi slotlar orqali buyumlarni solmang.
Chop qilish vaqtida printer ichiga qo‘lingizni tiqmang.
Printer ichidagi oq yassi kabelga tegmang.
Printer ichida yoki atrofida tarkibida yonuvchan gazlar bo‘lgan aerozol mahsulotlardan foydalanmang. Bunday qilish yong‘in chiqishiga olib kelishi mumkin.
Chop qilish golovkasini qo'lingiz bilan harakatlantrimang; aks holda printernga zarar yetkazishingiz mumkin.
Skaner qurilmasini yopganda barmoqlaringizni qisib olmaslik uchun ehtiyot bo‘ling.
Asl nusxalarni joylashtirganda skaner oynasi-ni xaddan tashqari qattiq bosmang.
Printerni domi
tugmasidan foydalangan holda o‘chiring.
chiroq miltillashdan to‘xtamagunicha printerni rozetkadan uzmang yoki tashqi rozetkadan o‘chirmang.
Printerni tashishdan avval chop qilish golovkasining uy holatida (chetki o‘ng tomonda) ekanligiga va siyoh kartridjlarining joyida ekanligiga ishonch hosil qiling.
Agar printerdan uzoq vaqt foydalanmaslikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ta’minot shnurini elektr rozetkasidan uzib qo‘ying.