Tarmoq sozlamalari

Quyida bayon qilingani kabi boshqaruv panelidagi menyularni tanlang.

Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Tarmoq sozlamalari

Wi-Fi sozlash:

Simsiz tarmoq sozlamalarini sozlash yoki o‘zgartirish. Quyidan ulanish usulini tanlang va LCD paneldagi yo‘l-yo‘riqlarga amal qiling.

  • Wi-Fi (tavsiya etiladi)

  • Wi-Fi Direct

Simli LAN tarmog‘ini sozlash:

LAN kabeli va router ishlatadigan tarmoq ulanishini sozlash yoki o‘zgartirish. Bu ishlatilayotganida Wi-Fi aloqasi o‘chirib qo‘yiladi.

Tarmoq holati:

Joriy tarmoq sozlamalarini ko‘rsatadi yoki chop etadi.

  • Simli LAN/Wi-Fi holati

  • Wi-Fi Direct holati

  • Holat varag‘ini chop etish

Aloqani tekshirish:

Joriy tarmoq ulanishini tekshiradi va hisobotni chiqaradi. Agar ulanish bilan bog‘liq birorta muammo mavjud bo‘lsa, muammoni hal qilish uchun tekshiruv hisobotiga qarang.

Qo‘shimcha:

Quyidagi batafsil sozlamalarni qo‘ying.

  • Qurilma nomi

  • TCP/IP

  • Proksi serveri

  • IPv6 manzili

  • Ulanish tezligi va dupleks