/ Ilova / Qog‘ozni tashish va saqlash

Qog‘ozni tashish va saqlash

Ko‘chirish yoki ta’mirlash uchun printerni tashishingiz kerak bo‘lgan hollarda printerni qadoqlash uchun quyidagi qadamlarga amal qiling.

Diqqat:

Skaner qurilmasi qopqog‘ini ochganda yoki yopganda qo‘llaringiz yoki barmoqlaringizni qisib olmaslik uchun ehtiyot bo‘ling. Aks holda jarohat olishingiz mumkin.

Muhim:
  • Printerni saqlaganda yoki tashiganda uni qiyshaytirmang, vertikal holda joylashtirmang yoki to'ntarmang; aks holda siyoh oqib ketishi mumkin.

  • Siyoh kartridjlarini o'rnatilgan holda qoldiring. Kartridjlarning olib qo'yilishi natijasida chop qilish golovkasi qurib qolishi va printerning chop qilmay qo'yishi yuz berishi mumkin.

  1. tugmasini bosish orqali printerni o‘chiring.

  2. Quvvat chirog‘ining o‘chganligiga ishonch hosil qiling va ta’minot shnurini rozetkadan uzing.

    Muhim:

    Quvvat chirog‘i o‘chganda ta’minot shnurini rozetkadan uzing. Aks holda qiyohning qurib qolishiga olib kelgan holda chop qolish kallagi boshlang‘ich holatga qaytmasligi va chop qilish mumkin bo‘lmay qolishi mumkin.

  3. Ta’minot shnuri va USB kabel singari barcha kabellarni uzing.

  4. Printerdan barcha qog‘ozlarni olib qo‘ying.

  5. Printerda asl nusxalarning qolmaganligiga ishonch hosil qiling.

  6. Hujjat qopqog‘i yopilgan holda skaner qurilmasi qopqog‘ini oching. Siyoh kartriji ushlagichini tasma bilan korpusga mahkamlang.

  7. Skaner qurilmasini yoping.

  8. Quyida ko‘rsatilgani kabi printerni qadoqlashga tayyorlang.

  9. Printerni o‘z qutisiga solib, uni himoya materiallari bilan o‘rang.

Printerdan yana foydalanganingizda siyoh kartriji ushlagichini ushlab turuvchi tasmani olib tashlang. Keyingi safar chop qilganingizda chop qilish sifati yomonlashsa, chop qilish kallagini tozalang va tekislang.