/ Printerga texnik xizmat ko'rsatish / Chop qilish golovkasini tekshirish va tozalash

Chop qilish golovkasini tekshirish va tozalash

Agar soplolar tiqilib qolgan bulsa, chop qilingan narsalarning rangi och bo'ladi, ko'zga ko'rinarli polosalar yoki kutilmagan ranglar paydo bo'ladi. Chop qilish sifati pasayganda soploni tekshirish funsksiyasidan foydalaning va soplolarning tiqilib qolmaganligini tekshiring. Agar soplolar tiqilib qolgan bulsa, chop qilish golovkasini tozalang.

Muhim:
  • Golovkani tozalash vaqtida skaner qurilmasini ochmang yoki printerni o'chirmang. Agar golovkani tozalash tugallanmagan bo'lsa, chop qila olmasligingiz mumkin.

  • Chop qilish golovkasini tozalash ma'lum miqdordagi siyohdan foydalangani uchun chop qilish golovkasini faqat chop qilish sifati pasaygandagina tozalang.

  • Siyoh darajasi past bo‘lganda printer golovkasini tozalay olmasligingiz mumkin.

  • Agar soploni tekshirish va chop qilish golovkasini tozalashni to'rt marta takrorlagandan keyin chop qilish sifati yaxshilanmasa, chopqilmasdan kamida olti soat kuting va keyin soploni tekshirishni ishga tushiring va zarur hollarda golovkani tozalashni takrorlang. Printerni o'chirishni tavsiya qilamiz. Agar chop qilish sifati baribir yaxshilanmasa, Epson qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.

  • Chop qilish golovkasining qurib qolishining oldini olish uchun yoqilgan holda printerni rozetkadan uzmang.