/ Chop qilish / Smart qurilmalardan chop qilish / Epson Print Enabler’dan foydalanish

Epson Print Enabler’dan foydalanish

Siz Android telefon yoki planshetlaringizdagi (Android v4.4 yoki keyingi versiyalari) hujjatlar, elektron xatlar, rasmlar va veb-sahifalaringizni simsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri chop qilishingiz mumkin. Bir necha teginishlardan so‘ng Android qurilmangiz ayni simsiz tarmoqqa ulangan Epson printerni topadi.

Eslatma:

Ishlashi qurilmaga bog‘liq ravishda farq qilishi mumkin.

  1. Printerga qog‘oz soling.

  2. Printeringizni simsiz chop qilish uchun sozlang.

  3. Android qurilmangizda Google Play dasturidan Epson Print Enabler’ni o‘rnating.

  4. Android qurilmangizni printeringiz ulangan ayni simsiz tarmoqqa ulang.

  5. Android qurilmangizdagi Sozlamalar bandiga o‘tib, Ulangan qurilmalar > Chop qilish qatorini tanlang va so‘ngra Epson Print Enabler’ni yoqing.

  6. Android qurilmangizdan Chrome kabi ilovada menyu piktogrammasini bosing va ekrandagi narsani chop qiling.

    Eslatma:

    Agar printeringiz ko‘rinmayotgan bo‘lsa, Barcha printerlar bandiga bosib, printeringizni tanlang.