/ Ilova / Me'yoriy ma'lumotlar / Nusxa ko'chirishdagi cheklanishlar

Nusxa ko'chirishdagi cheklanishlar

Printerdan ma'suliyat bilan va qonuniy foydalanishni kafolatlash uchun quyidagi cheklanishlarga amal qiling.

Quyidagilardan nusxa ko'chirish qonun bilan ta'qiqlanadi:

  • Bank cheklari, tangalar, hukumat tomonidan chiqarilgan liikvidli qimmatli qog'ozlar, davlat qimmatli qog'ozlari va munitsipial qimmatli qog'ozlar

  • Foydalanilmagan pochta markalari, marka yopishtirilgan otkritkalar va boshqa yetkazilib beriluvchi rasmiy pochta buyumlari

  • Hukumat tomonidan chiqarilgan aksiz markalari va qonunchilik talablariga ko'ra chiqarilgan qimmatli qog'ozlar

Quyidagilardan nusxa ko'chirishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim:

  • Xususiy likvidli qimmatli qog'ozlar (aksiya sertifikatlari, muzokara qaydlari, cheklar va boshq.), oylik yo'l chiptalari, konsession chiptalar va boshq.

  • Pasport, haydovchilik guvohnomasi, kafolat xatlari, yo'l chiptalari, oziq-ovqat talonlari, chiptalar va boshq.

Eslatma:

Bu buyumlardan nusxa ko'chirish ham qonun bilan ta'qiqlanishi mumkin.

Mualliflik huquqlari bilan himoyalangan materiallardan ma'suliyat bilan foydalaning:

Printerdan mualliflik huquqlari bilan himoyalangan materiallarni noto'g'ri nusxa ko'chirib olish uchun foydalanilishi mumkin. Bilimga ega bo'lgan advokat maslahati bilan ish ko'rmas ekansiz, chop qilingan materialdan nusxa ko'chirishdan avval mualliflik huquqi egasidan ruxsat olish orqali ma'suliyatni his qilgan va xurmat bilan ish ko'ring.