Bir nechta faylni birgalikda chop qilish (faqat Windows uchun)
Poster yaratish uchun bitta tasvirni bir nechta varaqqa chop qilish (faqat Windows uchun)
Printerga texnik xizmat ko'rsatish
Chop qilishdagi chaplanish, vertikal chiziqlar yoki notengliklar
Hoshiyasiz chop qilish vaqtida tasvirlarning qirralari qirqib tashlanayapti
Chop qilingan materialning holati, o'lchamlari yoki hoshiyalari noto'g'ri
Ko'chirlgan tasvirda notekis ranglar, dog'lar, nuqtalar yoki to'g'ri chiziqlar paydo bo'layapti
Nusxa olingan tasvirda Muar (To'r) namunalari paydo bo'layapti
Asl nusxaning orqa tarafi tasviri nusxa ko'chirilgan tasvirda ko'rinayapti
Epson Australia sizlarni yuqori darajadagi mijozlarga ko'rsatiladigan xizmat bilan ta'minlashni xohlaydi. Mahsulotingiz qo'llanmalariga qo'shimcha ravishda biz ma'lumotlar olish uchun quyidagi manbalar bilan ta'minlaymiz:
Epson Australia-ning jahon internet tarmog'idagi veb-sahifalariga kiring. Vaqti-vaqti bilan tashrif buyurish uchun modemingizni bu yerga to'g'rilashga arziydi! Bu sayt drayverlar uchun yuklab olish maydoni, Epson kontakt nuqtalari, yangi mahsulotlar to'g'risidagi ma'lumotlar va texnik qo'llab-quvvatlash (elektron pochta) bilan ta'minlaydi.
Telefon: 1300-361-054
Epson yordam xizmati mijozlarimizning maslahat olish imkoniyatiga ega bo'lishlariga ishonch hosil qilish uchun yakuniy zahiraviy nusxalash sifatida taqdim etiladi. Yordam xizmatidagi operatorlar Epson mahsulotlarini o'rnatishingiz, sozlashingiz va ishlatishingizda yordam berishlari mumkin. Bizning sotuvdan avvalgi yordam xizmati xodimlari yangi Epson mahsulotlari bo'yicha adabiyotlar bilan ta'minlashlari va eng yaqin diler yoki xizmat ko'rsatish markazining qayerda joylashganligini aytib berishlari mumkin. Bu yerdagi ko'pgina turdagi so'rovlarga javob beriladi.
Biz qo'ng'iroq qilishdan avval barcha tegishli ma'lumotrlarni jamlab olishingizni tavsiya qilamiz. Siz qanchalik ko'p ma'lumot to'plasangiz, biz muammoni shunchalik tez hal qilishimiz mumkin. Bu ma'lumotlar Epson mahsulotingiz qo'llanmalari, kompyuter turi, operatsion tizim, dasturlar va o'zingiz kerak deb o'ylagan har qanday ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
Epson kompaniyasi mahsulot o‘ramini keyinchalik uni tashishda foydalanish uchun olib qo‘yishni tavsiya etadi.