/ Skanerlash / Kompyuterdan skanerlash / Epson Scan 2-dan foydalanib skanerlash / Fotosuratlar yoki rasmlarni skanerlash (Fotosurat rejimi)

Fotosuratlar yoki rasmlarni skanerlash (Fotosurat rejimi)

Epson Scan 2 dagi Fotosurat rejimi-dan foydalanib fotosuratlar yoki rasmlarga mos bo‘lgan turli tuman tasvirlarni sozlash xususiyatlari bilan asl nusxalarni skanerlashingiz mumkin.

  1. Asl nusxalarni joylashtiring.

    Bir necha asl nusxalarni skaner shishasiga joylashtirish orqali ularni bir vaqtda skanerlashingiz mumkin.Asl nusxalar orasidagi masofa kamida 20 mm ekanligiga ishonch hosil qiling.

  2. Epson Scan 2-ni ishga tushiring.

  3. Fotosurat rejimi ro‘yxatidan Rejim-ni tanlang.

  4. Asosiy sozlamalar panelida quyidagi parametrlarni o‘rnating.

    • Rasm turi: Skanerlangan saqlangan tasvir uchun rangni tanlang.
    • Nuqtalar zichligi: Tasvir aniqligini tanlang.
    Eslatma:

    Hujjat manbasi parametri Skaner oynasi kabi va Hujjat turi parametri Akslantiruvchi kabi qiymatga o‘rnatilgan.(Akslantiruvchi shaffof bo‘lmagan asl nusxalarni bildiradi, masalan, oddiy qog‘ozlar yoki fotosuratlar.)Bu parametrlarni o‘zgartira olmaysiz.

  5. Ko'rish ustiga bosing.

    Dastlabki ko‘rish oynasi ochiladi va dastlabki ko‘rilgan tasvirlar miniatyuralar sifatida namoyish qilinadi.

    Eslatma:

    Butun skanerlangan sohani datslabki ko‘rib chiqish uchun dastlabki ko‘rish oynasining yuqori qismidagi Eskiz bayroqchasini tanlang.

  6. Dastlabki ko‘rishni tasdiqlang va zarur bo‘lgan hollarda Qo'shimcha sozlamalar panelidagi parametrlarni sozlang.

    Quyidagilar kabi fotosuratlar yoki rasmlar uchun mos bo‘lgan batafsil sozlamalardan foydalanib skanerlangan tasvirlarni sozlashingiz mumkin.

    • Yorqinlik: Skanerlangan tasvir uchun ravshanlikni sozlashingiz mumkin.
    • Kontrast: Skanerlangan tasvir uchun kontrastni sozlashingiz mumkin.
    • To'yinish: Skanerlangan tasvir uchun to‘yinganlikni (ranglarning yorqinligi) sozlashingiz mumkin.
    • O'tmaslash maskasi: Skanerlangan tasvirning qirralarini yaxshilashingiz va o‘tkirlashtirishingiz mumkin.
    • Rangni tiklash: Ularni asl ranglariga qaytarish uchun ranglari o‘chgan tasvirlarni tuzatishingiz mumkin.
    • Yorituvni to'g'rilash: Fondagi chiroq tufayli qorayib qolgan skanerlangan tasvirlarning ranglarini och qilishingiz mumkin.
    • Deskrining: Bosma qog‘ozlar, jimladan jurnallar skanerlanganda paydo bo‘ladigan muar namunalarini (o‘rgimchak to‘riga o‘xshash soyalar) olib tashlashingiz mumkin.
    • Changni tozalash: Skanerlangan tasvirdan changlarni olib tashlashingiz mumkin.
    Eslatma:
    • o‘zingiz qilgan sozlamalarga bog‘liq ravishda bu elementlar mavjud bo‘lmasligi mumkin.

    • Asl nusxalarga bog‘liq ravishda skanerlangan tasvirlar to‘g‘ri sozlanmasligi mumkin.

    • Bir necha miniatyuralar yaratilganda har bir miniatyura uchun tasvir sifatini sozlashingiz mumkin.Sozlash elementlariga bog‘liq ravishda bir necha miniatyuralarni tanlash orqali barcha skanerlangan tasvirlar sifatini birdaniga sozlashingiz mumkin.

  7. Faylni saqlash sozlamalarini o‘rnating.

    • Rasm formati: Ro‘yxatdan saqlash formatini tanlang.
      BITMAP va PNG dan boshqa har bir saqlash formati uchun batafsil sozlashlarni o‘rnatishingiz mumkin.Saqlash formatini tanlagandan keyin ro‘yxatdan Opsiyalar-ni tanlang.
    • Fayl nomi: Ko‘rsatilgan faylni saqlash nomini tasdiqlang.
      Ro‘yxatdan Sozlamalar-ni tanlash orqali fayl nomi uchun sozlamalarni o‘zgartirishingiz mumkin.
    • Jild: Ro‘yxatdan skanerlangan tasvir uchun saqlash jildini tanlang.
      Ro‘yxatdan Tanlash-ni tanlash orqali boshqa papkani tanlashingiz yoki yangi papka yaratishingiz mumkin.
  8. Skanlash ustiga bosing.