/ Tarmoq xizmati va dasturiy ta'minot haqida ma'lumot / Dasturlar va mikrodasturlarni yangilash

Dasturlar va mikrodasturlarni yangilash

Dasturlar va mikrodasturlarni yangilash orqali ma’lum muammolarni hal qilishingiz va funksiyalarni yaxshilashingiz yoki qo‘shishingiz mumkin. Dasturlar va mikrodasturlarning eng so‘nggi versiyasidan foydalanayotganligingizga ishonch hosil qiling.

  1. Printerning kompyuterga ulanganligiga va kompyuterning internetga ulanganligiga ishonch hosil qiling.

  2. EPSON Software Updater-ni ishga tushiring va dasturlar yoki mikrodasturlarni yangilang.

    Muhim:

    Yangilash nihoyasiga yetmagunicha kompyuterni yoki printerni o‘chirmang; aks holda printer buzilishi mumkin.

    Eslatma:

    Agar yangilamoqchi bo‘lgan dasturni ro‘yxatdan topa olmasangiz, uni EPSON Software Updater-dan foydalanib yangilay olmaysiz. Mahaliiy Epson veb-saytidan dasturlarning eng so‘nggi versiyalarini tekshiring.

    http://www.epson.com