/ Muammolarni hal qilish / Printer holatini tekshirish / Chiroqlar va printer holati

Chiroqlar va printer holati

Boshqaruv panelidagi chiroqlar printer holatini ko‘rsatadi.

Normal holat

: yoqilgan

Chiroq

Holati

Printer simsiz (Wi-Fi) tarmog‘iga ulangan.

Printer tarmoqqa Wi-Fi Direct (Oddiy KN) rejimida ulangan.

Xatolik holati

Xatolik yuz berganda chiroq yonadi yoki miltillaydi. Xatolik to‘g‘risidagi ma’lumotlar kompyuter ekranida namoyish qilinadi.

/: yoqilgan

/: miltillayapti

Chiroq

Holati

Yechimlar

Wi-Fi ulanishi xatosi yuz berdi.

Xatolikni tuzatish uchun tugmasini bosing va qaytadan urining.

Siyoh kartridjida siyoh qolmagan yoki kartridjda siyoh yetkazib berish uchun yetarlicha siyoh qolmagan.

Chop qilishning oliy sifatini ta’minlash va chop qilish kallagini himoya qilishda yordam berish uchun printer kartridjni to’ldirish kerakliguni ko’rsatganda o‘zgaruvchan siyoh zahirasi kartridj ichida qoladi. Yangi siyoh kartridji bilan almashtiring.

Siyoh kartridji o‘rnatilmagan.

Siyoh kartridjini o‘rnating.

Siyoh kartridji tanib olinmadi.

Siyoh kartridjini mahkam pastga bosing.

Qo‘llab-quvvatlanmaydigan siyoh kartridji o‘rnatilgan.

Usbu printer tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi siyoh kartridjini o‘rnating.

Printeringiz bilan birga berilgan kartridjlardan almashtirish uchun foydalana olmaysiz.

Siyoh kartridjida siyoh deyarli qolmagan.

chiroq yongunicha chop qilishingiz mumkin.

Yangi siyoh kartridjini tayyorlang. Siz kompyuterdan siyoh darajalarini tekshirishingiz mumkin.

Birorta ham qog‘oz solinmagan yoki bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq qog‘oz uzatilgan.

Qog‘ozni joylashtiring va yoki tugmasini bosing.

Sekin miltillayapti (1,25 soniya oraliqlar bilan)

Qog‘ozning tiqilib qolishi yuz berdi.

Qog‘ozni oling va yoki tugmasini bosing.

Tez miltillayapti (0,5 soniya oraliqlar bilan)

Qog‘oz printerning ichida qoladi.

A4 o‘lchamidagi qog‘ozni orqa qog‘oz tortmasi ga soling va keyin ichdagi qog‘ozni chiqarib olish uchun yoki tugmasini bosing. Qog‘ozni portret yo‘nalishida soling.

  • Printer to‘g‘ri tartibda o‘chirilmagan.*

  • Printer ishlab turgan paytda o‘chirilgani sababli, naychalar qurib qolishi va ifloslanishi mumkin.

* Elektr toki elektr uzaytirgich yoki o‘chirgich yordamida uzilgan, elektr kabeli sanchqisi rozetkadan uzilgan yoki elektr tokida uzilishlar bo‘lgan.

  • yoki tugmalarini bosgan holda, xatoliklarni bartaraf qilgandan so‘ng, naychalarni tekshirishni tavsiya qilamiz. Barcha to‘xtatib qo‘yilgan chop qilish ishlarini bekor qiling.

  • Printerni o‘chirish uchun tugmani bosganligingizga ishonch hosil qiling.

Bir vaqtda miltillayapti

Siyoh yostiqchasining ximat qilish muddati tugay deb qolgan yoki tugagan.

Siyoh yoqtiqchalarini almashtirish kerak.

Muhr yostiqchasini almashtirish uchun Epson yoki Epsonning vakolatli xizmat provayderiga murojaat qiling.*1 U foydalanuvchi tomonidan xizmat ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan qism emas.

Kompyuterda chop qilishni davom ettirishingiz mumkinligi aytilgan xabar namoyish qilinganda chop qilishni davom ettirish uchun yoki tugmasini bosing. Chiroqlar vaqtinchalik miltillashdan to‘xtaydi, biroq siyoh yostiqchasi almashtirilgunicha ular ma’lum oraliq bilan miltillab turadi.

Almashib turgan holda miltillayapti

Hoshiyasiz chop qilish siyoh yostiqchasining ximat qilish muddati tugay deb qolgan yoki tugagan.

Hoshiyasiz chop qilish siyoh yoqtiqchalarini almashtirish kerak.

Muhr yostiqchasini almashtirish uchun Epson yoki Epsonning vakolatli xizmat provayderiga murojaat qiling.*1 U foydalanuvchi tomonidan xizmat ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan qism emas.

Kompyuterda chop qilishni davom ettirishingiz mumkinligi aytilgan xabar namoyish qilinganda chop qilishni davom ettirish uchun yoki tugmasini bosing. Chiroqlar vaqtinchalik miltillashdan to‘xtaydi, biroq siyoh yostiqchasi almashtirilgunicha ular ma’lum oraliq bilan miltillab turadi.

Hoshiyasiz chop qilishdan foydalanib bo‘lmaydi, biroq hoshiya bilan chop qilishdan foydalanish mumkin.

Mikrodastur yangilanishi xatolikka uchraganligi tufayli printer qayta tiklash rejimini ishga tushirdi.

Mikrodastur yangilanishiga qaytadan urinish uchun quyidagi qadamlarga amal qiling.

1. Kompyuter va printerni USB kabeli bilan ulang. (Qayta tiklash rejimida mikrodasturni tarmoq ulanishi orqali yangilay olmaysiz.)

2. Batafsil ko‘rsatmalar olish uchun mahalliy Epson veb-saytiga tashrif buyuring.

Printer xatosi yuz berdi.

Skaner qurilmasini oching va printer ichidagi ham qanday qog‘oz yoki himoya materialini olib tashlang. Printerni o‘chirib yoqing.

Agar qurilmani o‘chirib yoqqandan keyin ham muammo bartaraf qilinmasa, Epson ko‘mak xizmati bilan bog‘laning.

*1 Ayrim chop qilish sikllarida oz miqdordagi ortiqcha siyoh yostiqchasiga to‘planishi mumkin. Yostiqchadan siyoh oqishining oldini olish uchun printer yostiqchaning so‘rish qobiliyati o‘z limitiga yetganda chop qilishni to‘xtatadigan tarzda loyihalangan. Buning talab qilinishi yoki qilinmasligi va qanchalik tez talab qilinishi chop qilinadigan sahifalar soni, chop qilinadigan material turi va printer bajaradigan tozalash sikllarining soniga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Yostiqchani almashtirish kerakligi printerning o‘zining texnik xususiyatlariga ko‘ra ishlashdan to‘xtaganligini anglatmaydi. Yostiqchani almashtirish talab qilingan hollarda printer sizni ogohlantiradi va bu faqat Epsonning vakolatli xizmat provayderi tomonidan bajarilishi mumkin. Epson kafolati buni almashtirish harajatlarini qamrab olmaydi.