Bir nechta faylni birgalikda chop qilish (faqat Windows uchun)
Poster yaratish uchun bitta tasvirni bir nechta varaqqa chop qilish (faqat Windows uchun)
Printerga texnik xizmat ko'rsatish
Chop qilishdagi chaplanish, vertikal chiziqlar yoki notengliklar
Hoshiyasiz chop qilish vaqtida tasvirlarning qirralari qirqib tashlanayapti
Chop qilingan materialning holati, o'lchamlari yoki hoshiyalari noto'g'ri
Ko'chirlgan tasvirda notekis ranglar, dog'lar, nuqtalar yoki to'g'ri chiziqlar paydo bo'layapti
Nusxa olingan tasvirda Muar (To'r) namunalari paydo bo'layapti
Asl nusxaning orqa tarafi tasviri nusxa ko'chirilgan tasvirda ko'rinayapti
Printer drayveri toq va judt raqamlarni avtomatik ravishda ajratgan holda chop qiladi. Printer top betlarni chop qilishni yakunlaganda juft betlarni chop qilish uchun ko'rsatmalarga amal qilgan holda qog'ozni ag'daring. Siz yana chop qilinganlarni buklash orqali yaratish mumkin bo'lgan bukletni chop qilishingiz ham mumkin.

Bu xususiyatdan hoshiyasiz chop qilish uchun foydalanib bo'lmaydi.
Agar siz 2 tomonlama chop qilishga mos bo'lmagan qog'ozdan foyadlansangiz, chop qilish sifati pasayishi va qog'ozning tiqilib qolishi yuz berishi mumkin.
Qog'oz va ma'lumotlarga bog'liq ravishda siyoh qog'ozning boshqa tomonidan oqib ketishi mumkin.
Agar EPSON Status Monitor 3 o'chirilgan bo'lsa, printer drayveriga kiring, Kengaytirilgan sozlamalar panelida Texnik xizmat-ni tanlang va keyin EPSON Status Monitor 3 ni yoqish-ni tanlang.
Printerga tarmoqdan kirilganda yoki printerdan baham ko'rilgan printer sifatida foydalanilganda 2 tomonlama chop qilishdan foydalanib bo'lmasligi mumkin.
Printerga qog'oz soling.
O'zingiz chop qilmoqchi bo'lgan faylni oching.
Printer drayveri oynasiga kiring.
Asosiy panelidagi 2 tomonlama chop qilish-dan Qo‘lda (uzun tomonidan tikish) yoki Qo‘lda (kalta tomonidan tikish)-ni tanlang.
Sozlamalar-ni cherting, mos parametrlarni o'rnating va keyin OK-ni cherting.
Buklet sifatida chop qilish uchun Broshyura-ni tanlang.
Zarur hollarda Asosiy va Ko‘proq tanlamalar panellaridagi boshqa parametrlarni o'rnating va keyin OK-ni cherting.
Chop qilish-ni cherting.
Birinchi tomonni chop qilish yakunlanganda kompyuterda suzuvchi oyna namoyish qilinadi. Ekrandagi ko'rsatmalarga amal qiling.