/ Muhim ko'rsatmalar / Xavfsizlik bo'yicha ko'rsatmalar

Xavfsizlik bo'yicha ko'rsatmalar

Bu printerdan foydalanish xavfsizligini kafolatlash uchun ushbu ko'rsatmalarni o'qib chiqing va ularga amal qiling.Bu qo'llanmani kelajakda foydalanish uchun saqlab qo'ying.Yana printerda belgilangan barcha ogohlantirishlar va ko'rsatmalarga albatta amal qiling.

  • Printerda ishlatilgan ayrim belgilar xavfsizlikni ta’minlash va printerdan to‘g‘ri foydalanish uchun mo‘ljallangan. Bu belgilar ma’nosi haqida batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi veb-saytga tashrif buyuring.

    http://support.epson.net/symbols

  • Faqat printer bilan birga berilgan ta’minot shnuridan foydalaning va bu shnurdan boshqa qurilmalar bilan birgalikda foydalanmang. Bu printer bilan boshqa shnurlardan foydalanish yoki birga berilgan shnurdan boshqa jihozlar bilan birga foydalanish yong‘in chiqishi yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

  • O‘zgaruvchan tok ta’minot shnurining mahalliy xavfsizlik standartlariga javob berishiga ishonch hosil qiling.

  • Ta’minot shnuri, vilka, printer qurilmasi, skaner qurilmasi yoki opsiyalarni qismlarga ajratmang, o‘zgartirmang yoki o‘zingizcha ta’mirlashga urinmang, printer qo‘llanmasida maxsus tushintirilgan hollar bundan mustasno.

  • Quyidagi hollarda printerni rozetkadan uzing va malakali xizmat ko‘rsatish xodimiga murojaat qiling:

    Ta’minot shnuri yoki vilka shikastlangan; printerga suyuqlik kirgan; printer tushirib yuborilgan yoki ust qoplami shikastlangan; printer odatdagidek ishlayapgan yoki ishlashida aniq o‘zgarishlar kuzatilgan hollar. Ishlatish bo‘yicha ko‘rsatmalarda qamrab olinmagan boshqaruv tugmalarini o‘zgartirmang.

  • Printerni vilkani osongina uzish mumkin bo‘ladigan tarzda devordagi rozetkaga yaqin joylashtiring.

  • Printerni ochiq xavoga, ortiqcha kir yoki chang joylar, suv, issiqlik manbalari yaqiniga yoki tebranishlar, yuqori harorat yoki namlik ta’siriga uchraydigan joylarga joylashtirmang yoki bunday joylarda saqlamang.

  • Printerga suyuqlik to‘kib yubormaslik va printerni nam qo‘l bilan ushlamaslik uchun ehtiyot bo‘ling.

  • Printerni kardiostimulyatorlardan kamida 22 sm uzoqroq masofaga joylashtiring. Bu printerdan chiquvchi radioto‘lqinlar kardiostimulyatorlarning ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.