/ Muammolarni hal qilish / Skanerlashni boshlab bo‘lmayapti

Skanerlashni boshlab bo‘lmayapti

  • USB kabelini printer va kompyuterga mahkam ulang. Agar USB xubidan foydalanayotgan bo‘lsangiz, printerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuterga ulashga urinib ko‘ring.

  • Agar tarmoq orqali yuqori aniqlikda skanerlay olmasangiz, bu aloqa bilan bog‘liq muammodan bo‘lishi mumkin. Tasvir aniqligini pasaytiring.

  • Epson Scan 2’da tegishli printer (skaner) tanlanganligiga ishonch hosil qiling.

Windows tizimi printerni aniqladimi yo‘qmi, tekshiring

Windows-da printerning (skanerning) Skaner va kamera-da namoyish qilinganligiga ishonch hosil qiling. Printer (skaner) “EPSON XXXXX (printer nomo)” sifatida ko‘rinishi lozim. Agar printer (skaner) namoyish qilinmasa, Epson Scan 2-ni o‘chiring va qaytadan o‘rnating. Skaner va kamera-ga kirish uchun quyidagiga qarang.

  • Windows 10

    Start tugmasini cherting va keyin Windows tizimi > Boshqaruv paneli-ni tanlang, qidiruv maydoniga “Skaner va kamera”-ni kiriting, Skanerlar va kameralarni ko‘rish-ni cherting va keyin printerning namoyish qilinganligini tekshiring.

  • Windows 8.1/Windows 8

    Ish stoli > Sozlanmalar > Boshqaruv paneli-ni tanlang, qidiruv maydoniga “Skaner va kamera”-ni kiriting, Skaner va kamerani ko‘rsatish-ni cherting va keyin printerning namoyish qilinganligini tekshiring.

  • Windows 7

    Start tugmasini cherting va Boshqaruv paneli-ni tanlang, qidiruv maydoniga “Skaner va kamera”-ni kiriting, Skanerlar va kameralarni ko‘rish-ni cherting va keyin printerning namoyish qilinganligini tekshiring.

  • Windows Vista

    Start tugmasini cherting, Boshqaruv paneli > Apparat vositalar va tovush > Skanerlar va kameralar-ni tanlang va keyin printerning namoyish qilinganligini tekshiring.

  • Windows XP

    Start tugmasini cherting, Boshqaruv paneli > Printerlar va boshqa apparat vositalar > Skanerlar va kameralar-ni tanlang va keyin printerning namoyish qilinganligini tekshiring.