/ Siyoh kartrijlarini almashtirish / Qora siyoh oz qolganda qora siyohni tejash (faqat Windows uchun)

Qora siyoh oz qolganda qora siyohni tejash (faqat Windows uchun)

Qora siyoh kam qolganda va yetarlicha darajada rangli siyoh mavjud bo'lganda qora rang hosil qilish uchun ranglar aralashmasidan foydalanish mumkin. Qora siyoh kartrijini almashtirguningizcha chop qilishni davom ettirishingiz mumkin.

Bu funksiyadan faqatgina printer drayverida quyidagi parametrlar tanlanganidagina foydalanish mumkin.

  • Qog‘oz turi: Tekis qog‘oz

  • Sifat: Standart

  • EPSON Status Monitor 3: Yoqilgan

Eslatma:
  • Agar EPSON Status Monitor 3 o'chirilgan bo'lsa, printer drayveriga kiring, Kengaytirilgan sozlamalar panelida Texnik xizmat-ni tanlang va keyin EPSON Status Monitor 3 ni yoqish-ni tanlang.

  • Kompozit qora rang sof qora rangdan bir oz farq qiladi. Bundan tashqari chop qilish tezligi ham pasayadi.

  • Chop qilish golovkasining sifatini saqlab qolish uchun qora siyohdan ham foydalaniladi.

Opsiyalar

Bayoni

Ha

Qora rangni hosil qilish uchun ranglar aralashmasidan foydalanish maqsadida tanlang. Bu oyna siz keyingi safar shunxa o'xshash topshiriqni chop qilganingizda namoyish qilinadi.

Yo‘q

Qolgan qora siyohdan foydalanishni davom ettirish uchun tanlang. Bu oyna siz keyingi safar shunxa o'xshash topshiriqni chop qilganingizda namoyish qilinadi.

Bu xususiyat o‘chirilsin

Qolgan qora siyohdan foydalanishni davom ettirish uchun tanlang. Qora siyoh kartriji almashtirilguncha bu oyna namoyish qilinmaydi va u yana kam qolgan holatda ishlaydi.