/ Chop qilish / Kompyuterdan chop qilish / Bir nechta sahifani bitta varaqqa chop qilish / Bir nechta sahifani bitta varaqqa chop qilish — Windows

Bir nechta sahifani bitta varaqqa chop qilish — Windows

Eslatma:

Bu xususiyatdan hoshiyasiz chop qilish uchun foydalanib bo'lmaydi.

  1. Printerga qog'oz soling.

  2. O'zingiz chop qilmoqchi bo'lgan faylni oching.

  3. Printer drayveri oynasiga kiring.

  4. Asosiy panelida Ko‘p sahifali parametri sifatida Ikkitalik yoki To‘rttalik-ni tanlang.

  5. Sahifa tartibi-ni cherting, mos parametrlarni o'rnating va keyin oynani yopish uchun OK-ni cherting.

  6. Zarur hollarda Asosiy va Ko‘proq tanlamalar panellaridagi boshqa parametrlarni o'rnating va keyin OK-ni cherting.

  7. Chop qilish-ni cherting.