Bir nechta faylni birgalikda chop qilish (faqat Windows uchun)
Poster yaratish uchun bitta tasvirni bir nechta varaqqa chop qilish (faqat Windows uchun)
Printerga texnik xizmat ko'rsatish
Chop qilishdagi chaplanish, vertikal chiziqlar yoki notengliklar
Hoshiyasiz chop qilish vaqtida tasvirlarning qirralari qirqib tashlanayapti
Chop qilingan materialning holati, o'lchamlari yoki hoshiyalari noto'g'ri
Ko'chirlgan tasvirda notekis ranglar, dog'lar, nuqtalar yoki to'g'ri chiziqlar paydo bo'layapti
Nusxa olingan tasvirda Muar (To'r) namunalari paydo bo'layapti
Asl nusxaning orqa tarafi tasviri nusxa ko'chirilgan tasvirda ko'rinayapti
Chop qilishda foydalaniladigan ranglarni sozlash mumkin. Ushu sozlashlar asl ma’lumotlarga qo‘llanilmaydi.
PhotoEnhance asl tasvir ma’lumotlaridagi kontrast, to‘yinganlik va ravshanlikni avtomatik sozlash orqali tiniqroq tasvirlar hamda yorqinroq ranglar hosil qiladi.
PhotoEnhance buyumning joylashgan joyini tahlil qilish orqali rangni sozlaydi. Shuning uchun agar tasvirni kichraytirish, kattalashtirish, qirqish yoki aylantirish orqali buyum joyi o‘zgartirilgan bo‘lsa, rang kutilmagan tarzda o‘zgarishi mumkin. Chegarasiz parametrni tanlash ham buyum turgan joyni o‘zgartiradi va bu rangdagi o‘zgarishlarga olib keladi. Agar tasvir fokusdan tashqarida bo‘lsa, tus notabiiy bo‘lishi mumkin. Agar rang o‘zgargan yoki notabiiy bo‘lsa, PhotoEnhance-dan boshqa rejimda chop qiling.
Rangni to‘g‘rilash panelidagi Ko‘proq tanlamalar-dan ranglarni tuzatish usulini tanlang.
Agar Avtomatik-ni tanlansa, ranglar qog‘oz turi va chop qilish sifati parametrlariga mos bo‘ladigan tarzda avtomatik ravishda sozlanadi. Agar Noodatiy tanlansa va Qo‘shimcha-ni chertilsa, o‘z parametrlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin.
Chop qilish dialogiga kirish. Suzub chiquvchi menyudan Ranglarni moslash-ni tanlang va keyin EPSON Color Controls-ni tanlang. Suzub chiquvchi menyudan Color Options-ni tanlang va keyin mavjud opsiyalardan birini tanlang. Qo‘shimcha sozlamalar yonidagi strelka belgisini cherting va tegishli o‘rnatishlarni bajaring.